10:35 / 09.08.2019
9 232

O‘zbekistonga Turkiyadan 24 ta harbiy zirhli mashina olib kelindi (foto)

O‘zbekistonga Turkiyadan 24 ta harbiy zirhli mashina olib kelindi (foto)
«Eyder Yalchin» harbiy zirhli mashinalari Turkiyadan O‘zbekistonga olib kelindi. G‘ildiraklari 4x4 tizimda ishlaydigan 24 ta zirhli mashina yetkazib berilgani haqida Turkiyaning «Sabax» nashriga asoslanib Uznews xabar berdi.

Ma’lumki, 2017 yilda Turkiyaning Nurol Makina kompaniyasi va UzAuto o‘rtasida imzolangan shartnoma bo‘yicha O‘zbekiston zavodlarida 1000 ta «Eyder Yalchin» zirhli mashinalari tayyorlanishi belgilab olingan edi. Shartnomaga ko‘ra dastlabki 24 ta mashina O‘zbekiston ixtiyoriga beriladi va keyin ishlab chiqarish yurtimizdagi zavodda amalga oshiriladi. Shu bilan birga O‘zbekiston ushbu harbiy mashinalarni eksport qilish huquqiga ega.

«Eyder Yalchin»ning korpusining tag qismi V-simon bo‘lib, mashinani o‘q va minalardan saqlaydigan zirhga ega. Shu bilan birga unga qo‘shimcha zirh va kumulyativ snaryadga qarshi ekran o‘rnatish mumkin.

Zirhli mashina 14 tonna og‘irlikka ega. Uning dvigateli 300 ot kuchiga mo‘ljallangan bo‘lib, tekis yo‘lda soatiga 110 kilometrgacha tezlanish oladi. Harakatlanish zahirasi 600 kilometr. Mashinaga ekipajning ikki a’zosidan tashqari 9 nafar desantchi joylashishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonga Turkiyadan 24 ta harbiy zirhli mashina olib kelindi (foto)