14:22 / 12.08.2019
3 130

Telegram ovozsiz xabar yuborish va sekinlashtirilgan rejim kabi yangi funksiyalarni taqdim etdi

Telegram ovozsiz xabar yuborish va sekinlashtirilgan rejim kabi yangi funksiyalarni taqdim etdi
Foto: Tengrinews
Telegram messenjeri ovozsiz xabarlarni yuborish va sekinlashtirilgan rejim kabi yangi funksiyalarni ishga tushirdi, deb xabar beradi Daryo.
Endilikda ikkinchi tarafni bezovta qilmaslik uchun ovozsiz xabarlarni yuborishda «Jo‘natish» tugmasini bosib turish kifoya.

Sekinlashtirilgan rejim esa guruh administratorlariga foydalanuvchilarning xabar jo‘natishini nazorat qilish imkonini beradi. Yangi funksiya yordamida administratorlarning lavozimini ko‘rsatishi mumkin, masalan, «asoschi» yoki «moderator».

«Sozlamalar» bo‘limi orqali esa tungi fonlar rangini o‘zgaritish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Bundan tashqari endi videolarni belgilangan vaqtdan boshlab ko‘rish ham mumkin. Masalan, videoni belgilab, «0,45» vaqtni yuborilsa, video aynan shu vaqtdan boshlab ko‘rsata boshlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Telegram ovozsiz xabar yuborish va sekinlashtirilgan rejim kabi yangi funksiyalarni taqdim etdi