Foto: Google Images
HeadHunter o‘zbekistonliklarning ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan munosabati natijalarini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Daryo nashri.
Unda aytilishicha, o‘zbekistonliklar ijtimoiy tarmoqlar ichida eng mashhuri deb Telegram va YouTube’ni ko‘rsatgan. Instagram, Facebook, VKontakte, Odnoklassniki, Linkedln, Twitter, Snapchat esa nisbatan kamroq foydalaniladi.
So‘rovnomada 195 nafar kishi ishtirok etgan bo‘lib, ularning 63 foizi erkaklar, 37 foizi ayollardir. Hisobotda aytilishicha, so‘rovnomada 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lganlar faol ishtirok etgan.
Qayd etilishicha, ularning 78 foizi ijtimoiy tarmoqlardan har kuni foydalanadi. Bunda ishtirokchilarning 82 foizini tig‘iz kun tartibiga ega bo‘lganlar tashkil etadi. Ish yoki o‘qishdan bo‘sh vaqtni ishtirokchilar o‘z oila a’zolari davrasida o‘tkazish, kitob o‘qish, musiqa tinglashga sarflaydi.
So‘rovnomada ishtirok etganlarning 41 foizi kun davomida ijtimoiy tarmoqlarga o‘rtacha 1 soatdan 3 soatgacha vaqt sarflashi, 35 foizi 1 soatdan ortiq vaqt o‘tkazmasligi, 13 foizi esa bunga 3 soatdan ortiq vaqt sarflashi aytilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi
Putinning navbatdagi olti yillik boshqaruvi Rossiya va dunyoga nima olib keladi?
Ekspert: Putinning saylovdagi g‘alabasi O‘zbekiston bilan munosabatlarni mustahkamlaydi
Putin: Yangi vazifalar, NATO, Ukraina va Fransiya bilan munosabatlar
Permdagi saylov uchastkasida portlash yuz berdi
Qaysi davlat yetakchilari Vladimir Putinni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi?
Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai
Isroilda minglab odamlar garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi