17:53 / 16.08.2019
2 699

Odnoklassniki blogerlar va taniqli odamlar uchun shaxsiy profillar statistikasini ochdi

Odnoklassniki blogerlar va taniqli odamlar uchun shaxsiy profillar statistikasini ochdi
Rasmiy sahifasiga ega bo‘lgan Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ining foydalanuvchilari ilk bor shaxsiy profillariga kirish imkonini qo‘lga kiritishdi. Endilikda OKdagi profillari ko‘k “galochka” belgisi bilan belgilab qo‘yilgan barcha odamlar obunachilarning ortishi va kamayishi, shuningdek qamrovi, jalb qilinganligi, teskari aloqa va bir qator boshqa ko‘rsatkichlarni kuzata olishlari mumkin. Avvalari batafsil statistikadan faqat guruhlar foydalana olar edilar.

Yangi instrument o‘z shaxsiy profili yordamida OKdagi o‘z auditoriyasi bilan muntazam ravishda o‘zaro aloqa qilib turadigan blogerlar va taniqli shaxslarga foydali bo‘ladi. Statistika kontent mualliflariga shaxsiy sahifa bilan ishlashda asosiy tahliliy vazifalarni hal qilish: maqsadli auditoriya qamrab olingan yo‘qligini tushunish, uning asosiy qiziqishlari, u yoki bu xabarlarga foydalanuvchilarning reaksiyasi va eng ommabop postlarni bilib olishga yordam beradi.

Profil statistikasida endilikda kuzatib borish mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlar orasida — obunachilarning ortishi va kamayishi, qamrovi, jalb qilinganligi, auditoriyaning ijtimoiy- demografik tavsifnomalari, xabarlar bilan bog‘liq batafsil harakatlar (ko‘rib chiqishlar, sinflar, sharxlar, repostlar, sahifaga o‘tishlar), shikoyatlar va postlarni yashirishlar mavjud.

Foylanuvchilik statistikasiga kirish faqat ko‘k “galochka” belgili verifikatsiya qilingan sahifalar — yulduzlar, blogerlar va boshqa taniqli shaxslarning rasmiy sahifalari uchun ochilgan.
Yangi servisdan OK veb-interfeysida, ijtimoiy tarmoq mobil versiyasida va iOS hamda Android uchun ilovalarida to‘liq foydalanish imkoni mavjud.

Bu yil sal avvalroq ijtimoiy tarmoq kontent mualliflari va barcha foydalanuvchilarga ijtimoiy tarmoqda o‘z auditoriyasini topib olishga imkon beruvchi reklama kabinetini ishga tushirgan edi. Reklama kabineti yordamida ijtimoiy tarmoqdan chiqmay turgan holda, video, fotosuratlar va havolalarni ham qo‘shganda, kontentning har qanday formatlari bo‘lgan postlarning targ‘ib qilinishini sozlash mumkin.

Bundan tashqari, 2018 yilda OK da taniqli artistlar, jamoat arboblari va blogerlarning sahifalarini targ‘ib qilish tizimi ishga tushib ketdi. Yangiliklar tasmasida foydalanuvchilarga ularning qiziqishlari, jinsi va yoshi asosida taniqli shaxslarning rasmiy sahifalari tavsiya etiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Odnoklassniki blogerlar va taniqli odamlar uchun shaxsiy profillar statistikasini ochdi