23:00 / 21.08.2019
2 439

Apple oʻzining shaxsiy film va seriallariga 6 mlrd dollardan ortiq pul sarfladi

Apple oʻzining shaxsiy film va seriallariga 6 mlrd dollardan ortiq pul sarfladi
Apple Netflix, Disney va HBO kompaniyalarini ortda qoldirib, oʻzining striming servisi uchun original serial va filmlar yaratish uchun oʻz byudjetini bir necha bor oshirdi, deb xabar bermoqda Forbes.

Natijada Apple TV+ uchun suratga olingan Jennifer Eniston va Riz Uizerspun ishtirokidagi “Ertalabki shou” seriali epizodi “Taxtlar oʻyini”ning final mavsumidan ham qimmatga tushgan.

Xabarda aytilishicha, Apple oʻzining striming servisini yaratishga bir necha yil oldin tayyorgarlik koʻrgan va 2017-yildayoq shu maqsadda Sony Pictures Television top-menedjerlari boʻlgan Jeymi Erlikt va Zak van Ambergni ishga olgan. Avvaliga kompaniya oʻz kontenti uchun birinchi yilda 1 milliard dollar sarflashi koʻzda tutilgan, lekin keyinchalik byudjet sezilarli darajada oshirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple oʻzining shaxsiy film va seriallariga 6 mlrd dollardan ortiq pul sarfladi