22:59 / 31.08.2019
2 811

Telegram foydalanuvchilar raqamlarini barchadan yashirish funksiyasini joriy qilmoqchi

Telegram foydalanuvchilar raqamlarini barchadan yashirish funksiyasini joriy qilmoqchi
Foto: Dado Ruvic / Reuters
Telegram messenjerining yaqin vaqt ichida bo‘ladigan yangilanishlarida telefon raqamini barchadan yashirish imkoniyati paydo bo‘ladi, deb xabar berdi Kun.uz Reuters'ga tayanib.

Agentlik manbasining so‘zlariga ko‘ra, bu Hongkongdagi namoyishchilarga o‘z shaxslarini mahalliy va Xitoy hukumatidan yashirish imkonini beradi.

Hozirda Telegram sozlamalarida telefon raqamini yashirish imkoni mavjud, ammo telefon raqami kontaktlarda saqlangan bo‘lsa, u Telegram ilovasida ko‘rinib turadi.

Ushbu messenjerdan foydalanuvchi namoyishchilar hukumat raqamlar bazasidan qaysi raqamlar norozilik chatlarida paydo bo‘lishini tekshirishi, so‘ngra foydalanuvchining shaxsini aniqlashidan xavotirlanishmoqda.

Reuters manbasining ta’kidlashicha, Telegram jamoasi Hongkong yoki XXR hukumati foydalanuvchilarning shaxsini aniqlash uchun raqamlar bazasini yuklaganini qayd etgan.

Hongkongdagi norozilik namoyishlari iyun oyidan buyon davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Telegram foydalanuvchilar raqamlarini barchadan yashirish funksiyasini joriy qilmoqchi