Toshkentga Belarusning futuristik elektrobusi olib kelindi (foto)

  • 04 sentyabr 2019, 07:08
  • 1 128
  • Texnologiya
  • Toshkentga Belarusning futuristik elektrobusi olib kelindi (foto)
    Foto: Telegram / @ExoUzbekistana
    Toshkentga Belarusning «Belkommunmash» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektrobus olib kelindi. Bu haqda Telegram’dagi «Exo Uzbekistana» kanalida fotoxabar qoldirilgan.

    Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va «Belkommunmash» rahbari Vladimir Korol o‘rtasida 2018 yil sentyabrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuniga ko‘ra, Belarus elektrobuslaridan birini Toshkentda sinab ko‘rish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

    Foto: Telegram / @ExoUzbekistana
    Sinov muvaffaqiyatli chiqsa, tomonlar muzokaralarni kengaytirilgan tarkibda davom ettirishi ta’kidlangan edi. 2019 yilning iyun oyida esa Toshkentda elektrobuslar uchun zarur infratuzilmani tayyorlash ishlari olib borilayotgani ma’lum bo‘lgan edi.

    Avvalroq, 2018 yil sentyabrida «Toshshahartransxizmat» kompaniyasi rahbariyati «yaqin bir-bir yarim yil davomida» 10—15 ta elektrobusni yo‘nalishlarga chiqarishni ko‘zda tutuvchi loyiha ustida ish olib borilishini ma’lum qilgan edi.

    Qayd etish joiz, Toshkent 2010 yillar boshiga qadar elektr transporti taraqqiy etgan zamonaviy shaharlardan biri edi. O‘zbekiston poytaxtida dastlab 2010 yilda trolleybuslar qatnovi tugatilgach, so‘ng 2016 yili bir asrdan ziyodroq tarixga ega tramvay faoliyatiga barham berilgan edi.

    Ma’lumot uchun, Toshkent yo‘llarida 2018 yili Belarusning boshqa ishlab chiqaruvchisi — «MAZ»ning o‘rta va katta sig‘imli avtobuslari sinovdan o‘tkazilgan edi. Bu avtobuslar gazda harakatlanar edi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkentga Belarusning futuristik elektrobusi olib kelindi (foto)