19:20 / 06.09.2019
3 077

Telegram’da xabarlarni rejalashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi

Telegram’da xabarlarni rejalashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi
Foto: Telegram
Telegram dasturchilari messenjerga xabarlarni rejalashtirish imkoniyatini qo‘shdi. Bu haqda kompaniya blogida keltirilgan.
Kechiktirilgan xabarni yaratish uchun chatda «Yuborish» tugmachasini ushlab turish va «Keyinchalik yuborish» bandini tanlash va yuboriladigan sana va vaqtni belgilash kerak.

Foto: Spot
Funksiya, shuningdek, saqlangan xabarlarda eslatuvchi sifatida ishlaydi. Foydalanuvchi o‘zi uchun vazifalar, uchrashuvlar, tadbirlar va boshqa masalalar to‘g‘risida eslatmalarni yaratishi mumkin.
Bildirishnomalarda foydalanuvchi o‘zi ushbu xabarni ilgari rejalashtirganligini tushunishi uchun kalendar belgisi qo‘yiladi.

Shuningdek, ishlab chiquvchilar maxfiylik sozlamalarini yangiladi: endi foydalanuvchi uni telefon raqami orqali topishi mumkin bo‘lgan odamlar doirasini cheklab qo‘yishi, shuningdek, telefon raqamlarni kontaktlar ro‘yxatidan tashqari har kimdan yashirish mumkin.

Foto: Spot

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Telegram’da xabarlarni rejalashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi