Apple yangi iPhone’larni taqdim qildi (foto, video)

  • 11 sentyabr 2019, 10:26
  • 677
  • Texnologiya
  • Apple yangi iPhone’larni taqdim qildi (foto, video)
    Foto: Reuters
    Apple kompaniyasi Kupertinodagi taqdimotida 3 ta yangi smartfoni – iPhone 11, iPhone 11 Pro va iPhone 11 Pro Max’ni taqdim qildi.

    Yangi iPhone 11 yana bitta kamera – 12 Mpli keng burchakli kamera olgan. U qorong‘i xonada yoki tunda olingan suratlar sifatini oshirishga imkon beruvchi Night Mode rejimi bilan jihozlanadi. Shuningdek, model 2 karra kattalashtiruvchi optik zum oladi.

    iPhone 11

    Kamera 4K sifatida soniyasiga 60 kadr tezlik bilan video suratga oladi. Old kamera sekinlashtirilgan suratga olish rejimida video yoza oladi.
    Shuningdek, smartfon 6,1 dyuymlik Liquid Retina displeyi bilan jihozlanadi va avvalgi model iPhone XR’ga nisbatan bir soat ko‘proq ishlay oladi.

    Smartfon 6 ta rangda taklif qilinadi. Uning narxi 699 dollar bo‘ladi.

    iPhone 11 Pro

    Yangi iPhone 11 Pro esa teleob’ektivli 3 ta kamera bilan jihozlanadi. U 4 ta rangda taklif qilinadi. Bundan tashqari, model 2 versiya – iPhone 11 Pro va iPhone 11 Pro Max’ga ega bo‘ladi. Ular bir-biridan ekrani diagonali bilan farqlanadi: mos ravishda 5,8 dyuym va 6,5 dyuym. Shuningdek, model yangi Super Retina XDR ekranini oladi.

    iPhone 11 Pro Max

    Modellarning barchasi A13 protsessori bilan jihozlanadi. U bir soniyada trilliondan ko‘proq operatsiya bajara oladi.

    Bundan tashqari, iPhone 11 Pro iPhone XS qaraganda qayta quvvatlashsiz 4 soat, iPhone 11 Pro Max esa iPhone XS Max’ga qaraganda 5 soat ko‘proq ishlay oladi. Modellarning narxi mos ravishda 999 va 1099 dollardan boshlanadi. Smartfonlar uchun buyurtmalar 20 sentyabrdan boshlab olinadi.

    Kompaniya, shuningdek, iPad planshetlarining 7-avlodini taqdim qildi. Yangi model 10,2 dyuymli Retina-displeyini olgan. Ta’kidlanishicha, gadjet avvalgi modeldan 2 marta tezroq ishlaydi. Bundan tashqari, yangi iPad SD-xotira kartalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Taqdimotda planshet korpusi qayta ishlangan alyuminiydan ishlangani ma’lum qilingan. Gadjet narxi 329 dollardan boshlanadi va 30 sentyabrdan sotuvga chiqariladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Apple yangi iPhone’larni taqdim qildi (foto, video)