O‘zbekistonda hali bunaqasi bo‘lmagan! G‘olib talaba 50 000 AQSh dollari oladi

  • 12 sentyabr 2019, 20:36
  • 2 479
  • Texnologiya
  • O‘zbekistonda hali bunaqasi bo‘lmagan! G‘olib talaba 50 000 AQSh dollari oladi
    Foto: «Xabar.uz»
    O‘zbekistonda birinchi marotaba dasturiy ilovalarni ishlab chiqish bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSh dollarini tashkil etadigan respublika tanlovi bo‘lib o‘tadi.

    Bugungi kunda O‘zbekistonda IT sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, yoshlar orasida AKT sohasiga qiziqish va intilishni rivojlantirishni esa O‘rta Osiyoning texnologik markaziga aylanishdek maqsadga erishish uchun eng muhim va asosiy qadam deb hisoblash mumkin. Bu qiziqishni kuchaytiradigan narsa, agar yosh dasturchilar uchun katta mukofot jamg‘armasiga ega bo‘lgan keng miqyosli tanlov bo‘lmasa, boshqa nima ham bo‘la olardi?

    Shu sababli IT-Park, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida Birlashgan Arab Amirliklari bilan birgalikda talabalar orasida O‘zbekistonda davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha birinchi «mGovAward» respublika tanlovi o‘tkazilishini e’lon qiladi.

    Talabalar 5 yo‘nalishda o‘zlarini sinab ko‘rishlari mumkin:

    1. Ta’lim;
    2. Sog‘liqni saqlash;
    3. Turizm;
    4. Transport va logistika;
    5. Biznes va G2B.

    Tanlovning asosiy mezonlari quyidagilar bo‘ladi: bo‘lg‘usi ilovaning samaradorligi, uning innovatsionligi va foydalanishda oddiyligi. Tanlovga arizalarni qabul qilish 26 sentyabr kuni AKT haftaligi vaqtida boshlanadi!

    «mGovAward» tanlovida ishtirokchilar O‘zbekistondagi mavjud muammolardan birini hal qilishga yordam beradigan mobil ilova yaratishlari kerak bo‘ladi.

    Tanlovning mukofot jamg‘armasi $100,000, shundan $50,000 birinchi o‘ringa, $30,000 ikkinchi o‘ringa va $20,000 uchinchi o‘ringa beriladi. Shuningdek, g‘oliblar Birlashgan Arab Amirliklariga bepul sayohat va IT-Park inkubatsiya dasturida bevosita qatnashish huquqini qo‘lga kiritadilar!

    2019 yil 26 sentyabrda «O‘zekspomarkaz» MKK AJda bo‘lib o‘tadigan «mGovAward» konferensiyasida har kim tanlov haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin!

    Anketani to‘ldiring va birinchilardan bo‘lib tanlov to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotni oling!

    Tanlov veb-sayti: www.mgovaward.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonda hali bunaqasi bo‘lmagan! G‘olib talaba 50 000 AQSh dollari oladi