21:35 / 17.09.2019
2 733

iPhone XR va XS’da bir vaqtda bir necha kameradan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi

iPhone XR va XS’da bir vaqtda bir necha kameradan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi
Foto: Iguides
Bir vaqtning o‘zida bir necha kameradan videoyozuvni amalga oshirish imkoniyati nafaqat yangi iPhone 11’ga, balki avvalgi avlodning yana boshqa modellariga ham tatbiq qilinadi. Bu funksiya iPhone XR va XS, shuningdek ba’zi cheklovlar bilan 2018 yilda ishlab chiqarilgan iPad Pro’ga ham joriy etiladi. Ushbu jihatga 9to5Mac sayti e’tibor qaratdi, deb yozmoqda Daryo nashri.

iOS 13’da bir vaqtning o‘zida bir necha kameradan tasvirga tushirish imkoniyati haqida ma’lumot va anonslar API’ga iyundayoq joylashtirilgandi. WWDC vaqtida Apple xodimlari ushbu afzallikni ishlatish uchun jiddiy qurilmaviy o‘zgarishlar talab etilishini qayd etgan va ular iPhone XS, XR hamda iPad Pro’ning yangi modellariga kiritildi.

Ammo 2018 yilda ishlab chiqarilgan qurilmalar multikamerali yozuvni ma’lum cheklovlar bilan amalga oshiradi — iPhone XS va XR bir vaqtning o‘zida muayyan kameralar kombinatsiyasida ishlashi mumkin. XS esa bir vaqtning o‘zida asosiy orqa va oldi kameralar yoki telefoto-ob’ektiv hamda frontal kameradan tasvirga tushira oladi. Ularda bir vaqtning o‘zida uchta kameradan yozuvni amalga oshirishning imkoni yo‘q.

Ishlab chiqaruvchilar ushbu imkoniyatlarning qurilma ishiga ta’sirini maxsus «hardwareSost» va «systemPressureCost» funksiyalari orqali baholab borishi mumkin. Muammolardan uzoqroq bo‘lish maqsadida Apple foydalanuvchilarga kadrlar chastotasini kamaytirish yoki video o‘lchamlarini pasaytirishni tavsiya qilgan.

Ushbu funksiyaning 2019 yildagi iPhone’larda qanday ishlashi noma’lumligicha qolmoqda. Taqdimot vaqtida Apple iPhone 11 Pro’da Filmic Pro ilovasi orqali bir vaqtda to‘rtta kemaradan (uchta orqa va bitta frontal) tasvirga tushirishni namoyish qilgandi.

9to5Mac nashrining qayd etishicha, ushbu funksiyani yuklab olish imkoniyati API’da iyun oyida paydo bo‘lgani hisobga olinsa, ko‘plab ishlab chiqaruvchilar ko‘p kamerali tasvirga tushirish bo‘yicha ilovalarni iOS 13 relizidan keyin foydalanuvchilar e’tiboriga havola qiladi. Tizim yangi versiyasining chiqishi 19 sentyabrga rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone XR va XS’da bir vaqtda bir necha kameradan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi