07:44 / 18.09.2019
3 295

Ijtimoiy tarmoqlar qanday qilib bizni kuzatib bormoqda?

Ijtimoiy tarmoqlar qanday qilib bizni kuzatib bormoqda?
Internetda do‘stlaringiz bilan muloqot paytida siz muhokama qilgan mahsulot reklamasi paydo bo‘lganini kuzatgan bo‘lsangiz kerak. Sizning smartfoningizni eshitishayotgani haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Josuslik nafaqat buzg‘unchi kimsalar tomonidan virusli dasturlar ko‘rinishida qilinishi, balki yirik korporatsiyalar va brend darajasidagi kompaniya xizmatlari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Bizni kim kuzatmoqda va bundan qanday himoyalanish mumkin?

"Biz sizni eshitayotganimiz yo‘q"
Aloqa vositalari orqali kuzatuv olib borish bilan bog‘liq janjallar zamonaviy dunyoda kam uchraydi. Bu yil Kremniy vodiysining bir nechta yirik o‘yinchilari, shu jumladan Facebook va Apple, o‘zlarining ovozli yordamchilariga bergan foydalanuvchi guruhlari ma’lumotlarini qayd etishganini darhol tan olishdi. Biroq, ular telefonimizni eshitibgina qolishmaydi, balki siz virtual tarmoqqa kirishingiz yoki tugmani bosishingiz bilan kuzatuv amalga osha boshlaydi.

Ko‘plab mobil telefonlar egalari do‘stlari bilan uydagi bo‘lajak ta’mirlashni muhokama qilishlari bilan brauzerda xuddi sehrgar kabi qurilish jamoasi va mebel do‘koni uchun reklama mavjudligini aytmoqdalar.

So‘nggi paytlarda mobil ilovalar biz foydalanadigan tillarni tobora ko‘proq tushunib olayotgani sababli u keng tarqalmoqda. Foydalanuvchilardan birining aytishicha, u "Aeroport xavfsizlik xodimlaridan biri taniqli qo‘shiqchiga o‘xshaydi", degan fikrni ovoz chiqarib aytgan va tez orada telefonidagi brauzer bu san’atkor haqidagi yangiliklar bilan to‘lib toshgan.

Yana bir suhbatdosh hamkasbi bilan birga uzoq vaqt davomida o‘yinchoq brendining nomini eslab qolishga harakat qildi, ularning tashqi ko‘rinishi va o‘ziga xos xususiyatlarini tavsifladi va 10 daqiqadan so‘ng Facebook va Instagram ularga to‘g‘ri javobni namoyish qildi va ushbu mahsulotni sotib olishni taklif qildi.

Chet elda ham shu muammo. Ikki yil oldin, Bi-bi-si o‘quvchilari ularni tinglashayotganligiga doir shubha tug‘diradigan vaziyatlarga qanday duch kelganliklari to‘g‘risida hikoyalarni to‘pladi.
Neyt ismli amerikalikning so‘zlariga ko‘ra, u bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan to‘satdan turmush qurishga qaror qildi, do‘kondan uzuk sotib oldi va ertasi kuni ertalab ijtimoiy tarmoqlarda mavzuga doir "to‘y" reklamasi paydo bo‘ldi. Neytning so‘zlariga ko‘ra, ular hech qachon to‘y haqida hech kimga aytishga vaqtlari bo‘lmagan, ammo Internet bu haqda oldindan bilganga o‘xshaydi.

Ommabop dasturlarning hech birining "maxfiylik siyosati"da foydalanuvchidan uning roziligisiz daqiqali ovozli so‘zlashuvlarga duch kelishi mumkinligi to‘g‘risida band yo‘q – bu haligacha noqonuniy hisoblanadi. Qizig‘i shundaki, 2017 yilda AQSh Kongressida bo‘lib o‘tgan sud majlisida Facebook rahbari Mark Zukerberg qasam ichib, uning ijtimoiy tarmog‘i bunday amaliyotlarga aloqadorligini rad etdi.

"Facebook buni qilmaydi va buni kim qilishi mumkinligini ham bilmayman. Ehtimol, bu shunchaki tasodifdir", – deb javob bergandi Zukerberg.

Bundan tashqari, kompaniyaning rasmiy blogida alohida reklama mavjud, unda kompaniya reklamalarni yo‘naltirish uchun mikrofonlardan foydalanmaydi.

Avast mobil qurilmalarini tahdid va himoya qilish bo‘yicha tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Nikolaos Xrisaidosning so‘zlariga ko‘ra, smartfonlardagi ilovalar har doim mikrofondan ovozni birinchi boshida yozib olishga ruxsat so‘rashadi, ya’ni foydalanuvchilar o‘zlari bu amaliyotga ruxsat berishadi. Biroq, asosiy muammo shundaki foydalanuvchilar avtomatik ravishda, odatda ular haqida o‘qimasdan ham, ilovalarga kirish huquqini beradi.

Nima qilish kerak?
“Har safar rasmiy manbalardan dasturlarni yuklab olayotganda, ilova nimadan foydalanishni talab qilishini tekshiring. Ilovada ovoz yozib olish uchun ruxsat so‘ralishiga diqqat qiling. Qolaversa, ochilgan oynalardagi xabarlarni o‘qing, aslida dasturning birlamchi ish boshlashi uchun mikrofon shart bo‘lmasa, unda unga kirish huquqini (dostup) bermang", – deb maslahat beradi Xrisaidos.

Unga ko‘ra, yirik reklama beruvchilar asosan maqsadli reklama o‘rnatish uchun ma’lumotlardan foydalanadilar, shuning uchun ular shaxsiy hayotingizga aralashish uchun josuslik qilish niyatida emaslar. Biroq, shu bilan birga, noma’lum maqsadlar uchun ovozni yozib oladigan josuslik dasturlari haqiqatdan ham mavjud.

Redmarobot'dagi Android amaliyotining rahbari Artyom Kulakov ta’kidlaganidek, shu tarzda to‘plangan ma’lumotlardan turli xil yo‘llar bilan foydalanish mumkin – Google ham xuddi shu yo‘ldan foydalanadi.

"Ammo Xitoy kompaniyalari ushbu ma’lumotlar bilan nima qilayotgani sir bo‘lib qolmoqda", – deya ogohlantiradi Kulakov.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, mikrofonni yoqish mexanizmi dasturlar orasida farq qiladi – bu xizmat muallifiga va u nimaga erishmoqchi bo‘lganiga bog‘liq. Masalan, Google Assitant yoki Siri faollashtirish buyrug‘ini kutmoqda, boshqa dasturlar vaqti-vaqti bilan yoqilishi yoki ba’zi tashqi voqealarga javob berishi mumkin.

Antipov aytgan "ruxsatnomalar auditi"ni o‘tkazish uchun siz bir necha oddiy qadamlarni qo‘yishingiz kerak. Android telefonlarida "Sozlamalar"ga u yerdan esa dastur yorlig‘iga o‘ting. Ilovalar ro‘yxatida qaysi ilovalarga nimalarga kirishga ruxsat berganingizni tekshiring va shubha tug‘dirganlarni yopib qo‘ying.

Telefon orqali gaplashish xavfini minimallashtirish uchun "mikrofon", shu bilan birga "kamera", "telefon" va "manzil"ni o‘chirib qo‘yish kerak.

iOS sozlamalarida esa siz ekranning ilovalar ro‘yxatiga o‘tishingiz va yuqorida tavsiflangan amallarni bajarishingiz kerak.

Biroq, alternativ nuqtai nazar ham mavjud – unga ko‘ra suhbatni real vaqtda tinglash quruq cho‘pchak, afsona va hamkasblar, do‘stlar bilan suhbatdan keyin paydo bo‘ladigan kontekstli reklama faqat ijtimoiy tarmoqlar biz haqimizda juda ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘lganligi sababli paydo bo‘ladi. Ammo bu hech qanday tashvishli va qo‘rqinchli emas.

Manba: Sof.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ijtimoiy tarmoqlar qanday qilib bizni kuzatib bormoqda?