08:18 / 18.09.2019
2 922

Prezident vakili: Telegram WhatsAppga qaraganda xavfsizroq

Prezident vakili: Telegram WhatsAppga qaraganda xavfsizroq
Aloqa xavfsizligi nuqtai nazaridan Telegramda foydalaniladigan dasturiy ta’minot WhatsApp kommunikatsiyalaridan ko‘ra xavfsizroq. Bu haqda RIA Novostiga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning raqamli va texnologik rivojlanish bo‘yicha maxsus vakili Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

«Albatta, WhatsApp va Telegramdan foydalanishni tanlashda aloqa xavfsizligi nuqtai nazaridan Telegeram maqbul variant», dedi janob Peskov. Uning o‘zi ikkala messenjerdan ham foydalanadi.

Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Maxsus vakili mutlaqo xavfsiz aloqa vositalari mavjud emasligini aytdi. «Biz kvant messenjerini yaratmagunimizcha, xavfsiz vositalar yo‘q», dedi janob Peskov.

Rossiya hukumati amaldorlari uchun kvant texnologiyalariga asoslangan bunday messenjerlarni yaratish masalasi muhokama qilinayaptimi degan savolga maxsus vakil: "Agar biz buning real imkoniyatini topa olsak, albatta, biz buni amalga oshiramiz. Ammo hozircha bu juda uzun bir hikoya» dedi.

Raqamli va texnologik rivojlanish bo‘yicha maxsus vakilning ushbu bayonoti 16 centyabr kungi MXAning sobiq agenti Snoudenning WhatsApp va Telegramning xavsizligi borasidagi shubhalari fonida tarqaldi. Eslatib o‘tamiz, rasmiy Moskva Telegram messenjerini bloklagan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Prezident vakili: Telegram WhatsAppga qaraganda xavfsizroq