13:08 / 18.09.2019
3 748

Mobil qurilmalarni roʻyxatga olish boʻyicha nizom tasdiqlandi

Mobil qurilmalarni roʻyxatga olish boʻyicha nizom tasdiqlandi
Foto:“Xabar.uz”
Hukumat qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, mobil qurilmalar:
- 2019-yil 1-noyabrgacha – ularni avtomatik tarzda mobil aloqa operatorlari tarmoqlariga ulash (aktivlashtirish) orqali bepul asosda;
- 2019-yil 1-noyabrdan – jismoniy shaxslar, import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchi korxonalarning mobil qurilmalarni xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari boʻyicha roʻyxatga olish tizimiga murojaat qilishi orqali bepul, 2019-yil 1-dekabrdan esa pulli asosda roʻyxatga olinadi.

Nizomga koʻra, mobil qurilmalarni roʻyxatga olish Tizim operatori yoki Tizim roʻyxatga oluvchisiga murojaat boʻyicha amalga oshiriladi.
Avval roʻyxatga olingan mobil qurilmalar qayta roʻyxatga olinmaydi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Mobil qurilmalarni roʻyxatga olish boʻyicha nizom tasdiqlandi