12:45 / 19.09.2019
3 201

Ilon Mask texnologiyalar olamidagi eng g‘ayratli shaxs deb topildi

Ilon Mask texnologiyalar olamidagi eng g‘ayratli shaxs deb topildi
Foto: Getty Images
AQShning Hired HR-kompaniyasi o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Ilon Mask texnologiyalar olamidagi eng g‘ayratli shaxs deb topildi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

So‘rovnama yakunida ikkinchi o‘rinni Amazon asoschisi Jeff Bezos, uchinchi o‘rinni esa Microsoft rahbari Satya Nadella egalladi. Facebook asoschilaridan biri va kompaniyaning rahbari Mark Sukerberg bu ro‘yxatda to‘rtinchi, Alibaba vakili Jek Ma esa beshinchi bo‘ldi.

Facebook’ning bosh operatsion direktori Sheril Sandberg, Netflix bosh direktori Rid Xastings, YouTube rahbari Syuzan Voychitski, Google’dagi birinchi ayol muhandis va Yahoo’ning sobiq bosh direktori Marissa Mayer hamda 23andM bosh direktori Enn Voychitski dastlabki kuchli o‘nlikka kirgan.

CNBC’ning qayd etishicha, Maskning so‘rovnomada birinchi bo‘lishiga uning ommaviyligi sabab bo‘lgan. U boshqa IT-tadbirkorlarga qaraganda ijtimoiy tarmoqlarda ancha faol, ularga nisbatan ko‘proq e’tibor markazida bo‘ladi hamda davriy ravishda o‘xshashi yo‘q bo‘lgan tashabbuslar bilan chiqishlar qiladi. Shuningdek, Mask doim muvaffaqiyat qozonayotgan kompaniyalarning rahbari, innovator va ko‘p narsalarni oldindan his qila oladigan inson.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ilon Mask texnologiyalar olamidagi eng g‘ayratli shaxs deb topildi