06:00 / 20.09.2019
4 875

iPhone 11 «tunda tasvirga tushirish» tiniqligi bo‘yicha smartfonlar orasida yetakchi (foto)

iPhone 11 «tunda tasvirga tushirish» tiniqligi bo‘yicha smartfonlar orasida yetakchi (foto)
10 sentyabrda Apple iPhone 11, 11 Pro va 11 Pro Max tadqimotlarini o‘tkazdi. Ushbu seriyaning asosiy o‘ziga xosligi kameralar ishlashining yangilanganligi bo‘ldi. Modellar keng burchakli sensorlar, shuningdek, tele-foto ob’ektivlarga ega.

TechCrunch, The Verge va Mashable jurnalistlari yangi modelni sinovdan o‘tkazib, iPhone’ning kamerasini smartfonlar orasida eng yaxshi deb e’tirof qildi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.

Jumladan, TechCrunch muharriri Mettyu Pansarinoning fikricha, iPhone 11’ning «tunda tasvirga tushirish» funksiyasi juda ajoyib, bunda kadrlar darajasining batafsil va rang-barangligi, real hayotga yaqinligi hayratlanarli.

Foto: Techcrunch
The Verge bosh muharriri Nilay Patelning aytishicha, «tunda tasvirga olish rejimi» Pixel bilan solishtirganda kadrni batafsil va to‘liq ko‘rsata oladi. Pixel’dagi suratlar ancha dramatik chiqadi, lekin e’tibor berib qaralsa, iPhone Pixel’da yo‘qolib qoladigan narsalarni saqlab qoladi.

Skrinshot: Verge
Mashable’da ishlovchi muallif Reymond Vong esa Apple iPhone 11 Pro’ga eng yaxshi uch kamerali tizimni joriy qila olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqa smartfonlar shunga o‘xshash sensorlarga ega bo‘lishi mumkin, ammo «bir butunlik»da bunday yaxshi ishlay olmaydi. Eng zo‘r rasmlar telefoto-linzada xira yorug‘lik bor yerlarda olinadi. Kamera f/2.0 da nisbatan tezroq aperturada ishlaydi va ko‘proq yorug‘lik bera oladi.

Foto: Mashable
Vong iPhone 11 Pro’ning raqobatchilardan ustun jihati — dasturiy va qurilmaviy ta’minotning uzviy ekanligida deb hisoblaydi. Bu zumning turli sensorlar orasida ham ravon bo‘lishini ta’minlaydi.
iPhone 11’ning narxi 699, Pro va Pro Max’ning narxlari esa mos ravishda 999 va 1099 AQSh dollarini tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 11 «tunda tasvirga tushirish» tiniqligi bo‘yicha smartfonlar orasida yetakchi (foto)