22:50 / 24.09.2019
2 748

Facebook kriptovalyutasi real pullar bilan amalga oshiriladi

Facebook kriptovalyutasi real pullar bilan amalga oshiriladi
Foto: France 24
Facebook vakillari Libra kriptovalyutasining real pullar vositasida amalga oshirilishini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya xatiga tayanib Der Spiegel xabar berdi, deb yozadi Daryo.
Facebook mutaxassislari Libra’ning aynan qaysi shartlar bo‘yicha real pullarga tenglashishiga ham oydinlik kiritgan.

Ularning 50 foizga teng qismini AQSh dollari, 18 foizini — yevro, 14 foizini — yapon yeni , 11 foizini Britaniya funti tashkil qiladi. Libra’ning yana 7 foiz qismi Singapur dollariga ajratiladi.

Ekpertlar Libra’ni ta’minlovchi valyutalar qatorida Xitoy yuanining yo‘qligiga e’tibor qaratgan. Bu amerikalik senatorlarning kriptovalyutaga nisbatan munosabatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi taxmin qilinmoqda. Avval Xitoyning AQSh moliyaviy iqlimiga elektron vositalar orqali ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan xavotir mavjud edi.

Libra’ning real pullar bilan, xususan, AQSh dollari va yevro bilan ta’minoti uni Bitcoin hamda boshqa kriptovalyutalarga nisbatan mustahkamlanishiga olib keladi.

Shu sababli Yevropa mamlakatlarining aksariyati Libra’ning ular moliyaviy tizimlarini buzib yuborishi mumkinligidan xavotirga tushmoqda. Jumladan, Fransiya butun Yevropa bo‘ylab Facebook kriptovalyutasidan foydalanilishiga taqiq qo‘yilishini istaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook kriptovalyutasi real pullar bilan amalga oshiriladi