Yuz millionlab iPhoneʻlarni buzish imkoni topildi

  • 02 oktyabr 2019, 13:00
  • 848
  • Texnologiya
  • Yuz millionlab iPhoneʻlarni buzish imkoni topildi
    Foto: “iPhones.ru”
    Axborot xavfsizligi boʻyicha mutaxassis 2011-yildan 2017-yilga qadar ishlab chiqarilgan, Apple A5ʻdan A11ʻgacha boʻlgan protsessorlar oʻrnatilgan barcha turdagi iPhoneʻlarni buzish mumkinligini maʼlum qildi, deb xabar beradi Daryo nashri.

    Checkm8 nomi ostidagi qurilma Apple Bootrom tizimidagi nuqsondan foydalanadi. Bu iPhone yuklanayotgan vaqtda ishga tushadigan dastlabki kod va u tizimga kirish imkonini beradi. Shu orqali Apple qurilmadagi komponentlarni almashtirmasdan turib, nuqsonni bartaraf eta olmaydi.

    “Epik jeylbreyk: checkm8ʻni taqdim etaman («shoh va mot”), doimiy va tuzatib boʻlmas Bootrom eksploiti yuz millionlab iOS-devayslariga oʻrnatilgan. iPhone va iPadʻning aksariyat avlodida ushbu nuqson bor: iPhone 4S (A5 chipli) dan tortib iPhone 8 va iPhone Xʻgacha», — deb yozadi axi0mX nomi ostida foydalanuvchi.

    Biroq nuqsondan foydalanish uchun qurilmani oʻchirib-yoqish kerak boʻladi. Shu bilan birga checkm8 foydalanuvchining shifrlangan maʼlumotlariga (Face ID yoki Touch ID) kirish imkonini bermaydi.

    axi0mXʻning yozishicha, bu kabi nuqsondan foydalanib iOS-qurilmasini oxirgi marta haker Jorj Xots buzgan. Buzishning boshqa barcha usullari operatsion tizimdagi nuqsonlarga bogʻliq boʻlib, uni operatsion tizimni yangilash bilan bartaraf etsa boʻladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Yuz millionlab iPhoneʻlarni buzish imkoni topildi