Foto: Emma Kim via Getty Images
Olimlar smartfonlarni ko‘z kasalliklarini ko‘z shifokori - oftalmologga murojaat qilgungacha aniqlay oladigan qildilar. Bu haqda Engadget portaliga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Ko‘z kasalligi bor-yo‘qligini Cradle (Computer Assisted Detector of Leukoria) mobil dasturi yordamida tekshirish mumkin. Dasturni iOS va Android operatsion tizimlarida ishlovchi smartfonlarga yuklab olish mumkin. Dastur kataraktadan boshlab retinoblastomagacha bo‘lgan ko‘z kasalliklarini aniqlash uchun smartfon kamerasidan foydalanadi.
Dastur har qanday yoshdagi odamda ko‘z kasalligini aniqlay oladi, biroq u ko‘proq bolalar uchun asqatadi, chunki ular sog‘liqlarida muammolarga duch kelganlarini anglamaydilar.
Dasturchilar dasturni ko‘z kasalligini aniqlashga 40 bolaning 53 ming suratida o‘rgatishdi. Bu bolalardan yarmi ko‘z kasalliklaridan aziyat chekkan. Dastur 16 bolada ularning ko‘z shifokoriga murojaat qilishidan o‘rtacha 1,3 yil avval ko‘z kasalligi borligini aniqlay olgan bo‘lsa-da, dasturchilar Cradle oftalmolog huzurida malakaviy ko‘rikdan o‘tishning o‘rnini bosa olmasligini va faqatgina ehtimoliy muammolardan ogohlantirishda asqatishini ta’kidlab o‘tganlar. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi