Microsoft ikki ekranli smartfon — Surface Duo’ni taqdim etdi

  • 05 oktyabr 2019, 09:55
  • 953
  • Texnologiya
  • Microsoft ikki ekranli smartfon — Surface Duo’ni taqdim etdi
    Foto: GSMArena
    Microsoft kompaniyasi ikki ekranli Surface Duo Android devaysini taqdim etdi, deb xabar beradi GSMArena.

    Kitobcha ko‘rinishidagi apparat — ikkita alohida 5,6 dyuymli paneldan iborat bo‘lib, sharnir bilan o‘zaro bog‘langan. Ekranni 360 darajaga buklab, alohida yoki bitta dasturni birdaniga ikkala displeyda ishlatish mumkin. Eng qulay usuli — ekranni 90 darajaga burish va ikkinchi displeydan sensorli ekran sifatida foydalanish.

    Foto: GSMArena
    Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma Snapdragon 855 protsessorida ishlaydi va frontal kameraga ega. Bundan boshqa uning texnik tavsifi hozircha ma’lum emas, chunki ayni vaqtda uning ustida ish olib borilmoqda.

    Foto: GSMArena

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Microsoft ikki ekranli smartfon — Surface Duo’ni taqdim etdi