Android asoschisi televizor pultiga o‘xshash yangi smartfon namoyish etdi (video)

  • 10 oktyabr 2019, 16:32
  • 819
  • Texnologiya
  • Android asoschisi televizor pultiga o‘xshash yangi smartfon namoyish etdi (video)
    Foto: The Verge
    Android yaratuvchilaridan biri va Essential kompaniyasi asoschisi Endi Rubin (Andy Rubin) o‘zining Twitter’dagi sahifasida uzunchoq ekranli smartfon namoyish etdi, deb xabar berdi Daryo.

    Uning tashqi ko‘rinishi smartfondan ko‘ra ko‘proq televizor pultiga o‘xshab ketadi.

    Foto: Twitter
    Essential vakili kompaniya yangi model ustida ishlayotgani, bu dastlabki sinov bosqichida yangi qurilma ekanligini tasdiqlagan.

    2017 yilning may oyida Rubin o‘zining Essential Phone rusumli ilk smartfonini taqdim qilgan edi. Ushbu smartfon romsiz ekrani va magnit yordamida gadjetga birikuvchi qator aksessuarlari bilan o‘ziga xos edi.

    Suratdan ko‘rinishicha, smartfon interfeysi uzunchoq ekranga moslashgan. Smartfon korpusining o‘ng tomonida ovozni balandlatish/pastlatish hamda qurilmani o‘chirib-yoqish tugmachalari bor. Shuningdek, qurilmaning orqa paneli ham ko‘rsatilgan bo‘lib, korpus qaysi burchakdan qaralishiga ko‘ra turli tusda tovlanuvchi metarialdan ishlangan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Android asoschisi televizor pultiga o‘xshash yangi smartfon namoyish etdi (video)