Xitoy jangovar uchar likopcha yaratdi

  • 11 oktyabr 2019, 11:58
  • 1 407
  • Texnologiya
  • Xitoy jangovar uchar likopcha yaratdi
    Foto: “Argumenti”
    Xitoylik tinib-tinchimagur konstruktorlar bu mamlakatda xohlagan narsasini yasashi mumkinligini yana bir bor isbotlashdi: mashhur brendga tegishli krossovkadan tortib butun bir uchar likopchagacha. Gʻayrioddiy eksponat yirik “China Helicopter Exposition 2019” aviatsiya koʻrgazmasida namoyish etildi. Bu haqda “Xabar.uz” yozmoqda.

    Uchar likopcha shakliga koʻra “diskolet” deb nomlanib, uchuvchi obyektga ega. Jangovar ixtironing fotosuratlari Alert 5 nomli foydalanuvchining tvitteriga joylandi.

    “Diskolet” soatiga 650 kilometr tezlik bilan harakatlana oladi. Toʻgʻri, buni amalda koʻrsatishmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda bunday shakldagi mashina katta tezlikda uchish u yoqda tursin, havoga koʻtarilishiga ham shubha bilan qarashmoqda.

    Ufologlarga mashhur NUJ apparatlarini eslatuvchi uchar apparatni yaratishga turli mamlakatlar, jumladan, Yevropada ham urinib koʻrishgan. Gitlerchilar Germaniyasi ham shunga oʻxshash mashinani yaratmoqchi boʻlgan: faqat ularning “likopchasi” yerdan sal koʻtarilolgan xolos.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Xitoy jangovar uchar likopcha yaratdi