AQShda dunyodagi eng katta 3D-printer yaratildi

  • 13 oktyabr 2019, 22:29
  • 895
  • Texnologiya
  • AQShda dunyodagi eng katta 3D-printer yaratildi
    AQShning Men shtati universiteti tadqiqotchilari ayni vaqtda dunyodagi eng katta 3D-printerni yaratishdi.

    Yangi 3D-printer o‘lchamlari bo‘yicha avval yaratilgan barcha modellarni ortda qoldiradi. Qurilma uzunligi 30 metr, balandligi 3 metr va eni 6,7 metr keladigan ob’ektlarni bosa oladi.

    Tadqiqotchilar, shuningdek, uch o‘lchovli bosmada qo‘llanishi mumkin bo‘lgan yangi materiallarni yaratish uchun 20 mln dollar sarmoya jalb qila olishgan. Xususan, 3D-bosmada dastlabki material sifatida Men shtatida o‘rmon ko‘pligi va bu ishlab chiqarishni arzonlashtirishi sababli yog‘ochni qo‘llash taklif qilingan.

    Tadqiqotchilar yangi printerlari bilan yaqin orada bozorga chiqib, buyurtmalar olishni boshlashmoqchi. Ular qurilmaning imkoniyatlarini namoyish qilish maqsadida unda kichik kema korpusini bosishgan. Ta’kidlanishicha, bu ob’ekt ayni vaqtgacha 3D-printerlarda bosilgan dunyodagi eng katta ob’ekt hisoblanadi. Korpusning uzunligi 7 metrni, og‘irligi 2,2 tonna tashkil qiladi va uni bosishga 72 soat talab etilgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » AQShda dunyodagi eng katta 3D-printer yaratildi