20:06 / 14.10.2019
3 326

Beeline’ning aloqa sifatini o‘rganish boshlandi

Beeline’ning aloqa sifatini o‘rganish boshlandi
Foto: RIA Novosti / Ilya Pitalev
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi «Unitel» MChJ (Beeline)da tekshiruv tadbirlarini amalga oshirmoqda.

Davlat inspeksiyasiga tayanib Kun.uz’ga xabar berishicha, tekshiruv fuqarolarning mobil aloqa xizmatlarining qoniqarsiz taqdim etilishi bo‘yicha shikoyatlari asosida o‘tkazilmoqda. Bildirilishicha, fuqarolarning qonuniy huquqlari va manfaatlariga rioya etish jamiyat rivojida muhim ahamiyatga egadir.

Taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini o‘rganish qator mezonlarga asoslanadi. Ular orasida: xizmatning mavjudligi - bu operator tomonidan iste’molchiga uning iltimosiga binoan tarmoq xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish; xizmatning yaxlitligi va uzluksizligi - telekommunikatsiya xizmatining sifati hamda uning yakunlanishini ta’minlashdan iborat.

Telekommunikatsiya xizmatlari sifati masalalari bo‘yicha murojaat qilishni istagan fuqarolar Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining 1144 ishonch telefonidan foydalanishlari mumkin.

Qayd etilishicha, kelib tushgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, boshqa aloqa operatorlari va provayderlarni tekshirish tadbirlari tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun: «Unitel» kompaniyasi 1996 yilda asos topgan. Kompaniyaning tijorat faoliyati 1997 yilning 25 sentyabr kuni boshlangan. 2006 yilning 12 sentyabr kunidan «Unitel» MChJ «Beeline» savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Beeline’ning aloqa sifatini o‘rganish boshlandi