22:33 / 15.10.2019
3 030

iPhone 11 Pro Max bozorda tannarxidan ikki barobar qimmatga sotilmoqda

iPhone 11 Pro Max bozorda tannarxidan ikki barobar qimmatga sotilmoqda
TechInsights tahlilchilari Applening oxirgi smartfoni iPhone 11 Pro Maxʻni mustaqil yigʻib koʻrdi va bu ularga 490.50$ga tushdi. Ushbu smartfon Applening rasmiy doʻkonida 1099$ turibdi.

Yangi ayfonning eng qimmat qismi bu uning uchtalik kamerasi hisoblanadi. Uning bir donasi kompaniyaga 73.50 $ga tushadi. Qimmatliligi jihatidan ikkinchi komponent 6.5 dyummli, 2688x1242 pikseldagi AMOLED displeyi boʻlib, uning bir donasi 66.50$ turadi.
Shu kabi jami tarkibiy qismlar qoʻshib hisoblanganda yangi iPhone 490.50$ turadi. Bu esa uning sotuv narxidan ikki barobar arzonroqdir.

Mutaxassislar faqat har bir detalning bozor narxini hisoblab chiqishgan. Bulardan tashqari ishchi kuchiga qilingan xarajatlar, mahsulot yetkazib berish (logistika), marketing tadqiqotlari, ilmiy tadqiqotlar, dasturiy taʼminot ishlab chiqish kabi xarajatlar koʻzda tutilmagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 11 Pro Max bozorda tannarxidan ikki barobar qimmatga sotilmoqda