14:20 / 16.10.2019
3 978

Janubiy Koreya uchuvchisiz hamda o‘zi uchar avtomobillar ishlab chiqarishga 50 mlrd dollar sarflaydi

Janubiy Koreya uchuvchisiz hamda o‘zi uchar avtomobillar ishlab chiqarishga 50 mlrd dollar sarflaydi
Keyingi o‘n yil ichida Janubiy Koreya hukumati yangi transport turini rivojlantirish va joriy etishni jadallashtirish va muddatidan oldin tijoratlashtirishni boshlash uchun 60 trillion von (50 milliard dollar) sarflaydi. Bu haqda Ryonhap agentligi mamlakat prezidenti Mun Chje Inning bayonotiga asoslanib xabar berdi.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, birinchi avtonom mashinalar 2024 yilda ishlab chiqariladi va 2027 yildan tijoriy maqsadda foydalana boshlanadi. Hukumat zarur texnologiyalarni rivojlantirish va tegishli infratuzilmani yaratishga 1.85 mlrd $ ajratadi.

Bundan tashqari, Janubiy Koreya prezidenti 2030 yilgacha elektr mashinalari va vodorodli dvigatelli mashinalar mamlakatda sotiladigan barcha mashinalarning uchdan bir qismini tashkil qilishi kerakligini aytdi.

Hozirda ular jami avtomobillarning 2,6%ini tashkil etadi. Ularning yaratilishi va tarqalishini rag‘batlantirish uchun rasmiylar xaridorlarga subsidiyalar miqdorini oshirish va vodorod narxini hozirgi darajaga nisbatan ikki baravar kamaytirish niyatida.

Shuningdek, 2030 yilga kelib elektr transport vositalarini zaryadlash stansiyalari soni 15 mingtaga, vodorod dvigatellari uchun gaz quyish shoxobchalari hozirgi 31 dan 660 gacha ko‘tariladi.

Uchadigan mashinalarga kelsak, ularning ishlashi uchun tegishli qoidalar va qonunlar 2023 yilga qadar mamlakat hukumati tomonidan ishlab chiqiladi va ularning mamlakatda tijorat asosida ishga tushirilishi 2025 yilga qadar amalga oshirilishi kerak.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Janubiy Koreya uchuvchisiz hamda o‘zi uchar avtomobillar ishlab chiqarishga 50 mlrd dollar sarflaydi