10:53 / 06.11.2019
3 608

Dunyoda internet foydalanuvchilari soni 4 mlrddan oshdi

Dunyoda internet foydalanuvchilari soni 4 mlrddan oshdi
Sayyoramizning 53 foizdan ko‘proq aholisi yoki 4,1 mlrd kishi internetdan foydalanish imkoniga ega va bu ko‘rsatkich oshishda davom etmoqda. Bu haqda Xalqaro elektr aloqasi ittifoqining “Raqamli taraqqiyotni o‘lchash: 2019 yil uchun faktlar va raqamlar” deb nomlangan dokladida aytilgan.

Ta’kidlanishicha, 2018 yildan 2019 yilgacha internet foydalanuvchilari soni 5,3 foizga oshgan.
Shu bilan birga, 3,6 mlrd kishi internetga kirish imkoniga ega emas. Ularning aksariyati eng kam rivojlangan davlatlar fuqarolari bo‘lib, bu davlatlarda 10 kishidan 2 kishigina internetga kira oladi. Yevropada bu ko‘rsatkich eng yuqori (82,5 foiz), Afrikada esa eng past (28,2 foiz) darajada.

2019 yil oxiriga kelib dunyodagi 57 foiz oila uyidan internetga kira oladi.

Dokladga ko‘ra, Yer aholisining 96 foizi mobil raqamli signaldan foydalanish hududida joylashgan. Bundan 93 foizini 3G yoki undan yuqoriroq avloddagi signal tashkil qiladi. Yevropa, G‘arbiy yarimsharda va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida mobil raqamli signal bilan qoplanganlik 95 foizni, arab davlatlarida 91 foizni, MDH hududida 88 foizni va Afrikada 79 foizni tashkil qiladi.

Ta’kidlanishicha, dunyoda 48 foiz ayollar va 58 foiz erkaklar internetdan foydalanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Dunyoda internet foydalanuvchilari soni 4 mlrddan oshdi