16:30 / 13.11.2019
2 937

Facebook o‘zining elektron to‘lov tizimini ishga tushirdi

Facebook o‘zining elektron to‘lov tizimini ishga tushirdi
Foto: xaluan.com
Hozircha Facebook Pay faqat AQShda ishlaydi. Facebook kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ida, messenjerida, Instagram va WhatsApp ilovasida ishlaydigan Facebook Pay elektron to‘lov tizimini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya blogida ma’lum qilindi.

Servis AQShda Facebook va messenjer uchun o‘yinlar ichida xarid qilish, tadbirlar uchun chiptalar sotib olish, foydalanuvchilar o‘rtasida pul o‘tkazish va xayriya maqsadlarida pul yig‘ish imkonini beradi. Kompaniya keyinchalik uning Instagram va WhatsApp’da ham ishlashini ta’minlashni rejalashtirgan.

Facebook Pay xizmatini ilova sozlamalari yoki ijtimoiy tarmoq sayti orqali ishga tushirish mumkin. Tizim aksariyat kredit va debet kartalari hamda PayPal tizimi bilan ishlaydi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook o‘zining elektron to‘lov tizimini ishga tushirdi