​Dunyodagi birinchi konditsioner qayerda ixtiro qilingan?

  • 19 noyabr 2019, 09:22
  • 1 074
  • Texnologiya
  • ​Dunyodagi birinchi konditsioner qayerda ixtiro qilingan?
    Bugungi kunda insonlarda qishda ham yozda ham konditsionerlarga bo‘lgan ehtiyoj juda ham yuqori. Shundan kelib chiqsak, dastlabki konditsionerlar qayerda va qachon ixtiro qilingani barchaga qiziq tuyuladi. Quyida sizga dunyoda yaratilgan ilk konditsonerlar haqida qiziq ma’lumotlar berib o‘tamiz.
    Yaqin tarixga nazar solsak, ilk konditsionerlar Bruklin shahrida 1902 yilda ixtiro qilingan. Ushbu ma’lumotning o‘zi ham Bruklin AQShdagi eng zax va sovuq shaharlardan biri ekanligini ko‘rsatib turibdi. Ushbu sohada dastlab Nyu-Yorkliklar tomonidan amalga oshirilgan ixtirolarga ishlov berish va uni ommalashtirish Bruklinlik yosh muhandis Ullis Kerriyer uchun muammo emasdi.

    Avvalgi qurilmalardagi eng katta muammo bu juda yuqori darajadagi issiqlik berilishi motorlarning erib ketishiga sabab bo‘layotgani edi. Va nihoyat, York Times gazetasida yozilgan xabarga ko‘ra, ushbu tizim 1902 yilning yozida yo‘lga qo‘yildi va Karriyer kompaniyasi Carrier Corporation'ni tashkil etishga kirishdi. Bu ixtironing amalga oshirilish sabablaridan eng asosiysi bir necha bosmaxonalarda bosilayotgan kitob yoki jurnallarning nashrdan keyin tez qurimayotgani bo‘lib, Bruklin shahrida zaxlik darajasi juda ham yuqori edi.

    Konditsionerning ishlash mexanizmi haqidagi g‘oya olimda shaharni tumanda kezib yurgan kezda paydo bo‘lgan. Karriyer namlikdan qutulishning yagona chorasi bu havoni sovutish degan fikrga kelgan edi. Yechim sifatida sun’iy tuman hosil qilish orqali havoni quritishni yo‘lga qo‘ygan.

    Bruklindagi 1902 yilda amalgan oshirilgan ushbu sovutish mashinalaridagi o‘zgartirishlar zamonaviy konditsionerlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Chunki bugungi kunda bo‘lgani kabi, Karriyerning ixtirosi quyidagi to‘rt asosiy narsani amalga oshirardi: harorat, namlik, havo aylanishi va shamollatish hamda havoni tozalash.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » ​Dunyodagi birinchi konditsioner qayerda ixtiro qilingan?