22:35 / 21.11.2019
3 422

Telegram asoschisi Pavel Durov foydalanuvchilarni WhatsAppʼdan voz kechishga chaqirdi

Telegram asoschisi Pavel Durov foydalanuvchilarni WhatsAppʼdan voz kechishga chaqirdi
Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov foydalanuvchilarni WhatsAppʼni o‘chirib tashlashga chaqirdi. U buni unda xakerlik hujumlari ehtimoli bor ilovalar mavjudligi bilan izohladi. Durov bu haqda o‘z Telegram kanalida yozgan.

“WhatsApp nafaqat sizning xabarlaringizni himoyalamaydi, balki ushbu ilova “Troya oti” sifatida messenjerga umuman aloqasi bo‘lmagan fotosuratlar va xabarlarni ham kuzatib boradi”, - deya qayd etadi u.

Bundan oldin ham Durov WhatsAppʼni tanqid qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Facebookʼga tegishli ushbu messenjer maxsus xizmatlar bilan hamkorlik qiladi va o‘z foydalanuvchilari ma’lumotlarini himoya qila olmaydi.

Financial Times ham WhatsAppʼning zaif jihatlari haqida yozgan edi. Xabar berilishicha, yovuz niyatli odamlar messenjerdagi kamchilik yordamida smartfonga josuslik dasturlarini o‘rnatishgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Telegram asoschisi Pavel Durov foydalanuvchilarni WhatsAppʼdan voz kechishga chaqirdi