23:43 / 21.11.2019
2 745

PayPal to‘lov xizmati Honey xizmatini 4 mlrd dollarga sotib oldi

PayPal to‘lov xizmati Honey xizmatini 4 mlrd dollarga sotib oldi
PayPal to‘lov xizmati chegirmalar, kuponlar va internetda narxlarni taqqoslash bo‘yicha xizmatlar taqdim qiluvchi Honey onlayn-xizmatini 4 mlrd dollarga sotib olganini e’lon qildi.

PayPal’ning ta’kidlashicha, uning keng rivojlangan to‘lov tarmog‘i va Honey’ning ommabop xizmatlari birgalikda internet-do‘konlar savdosi hajmini oshiradi, bu esa ham iste’molchilarga, ham ikki kompaniyaga ham foydali bo‘ladi. Honey xizmatining oylik auditoriyasi 17 mlnga yaqin kishini tashkil qiladi, u 30 mingta internet- riteyler, tovarlar va yeguliklar yetkazuvchi xizmatlar bilan hamkorlik qiladi. Ta’kidlanishicha, xizmat 2018 yilning o‘zida odamlarga jami 1 mlrd dollarlik chegirma olishga imkon bergan.

Ushbu xarid o‘z to‘lov xizmatlarini faol rivojlantirayotgan Google, Amazon, Facebook va Apple kabi kompaniyalar bilan raqobatlashishga majbur bo‘layotgan PayPal tarixidagi eng yirik xarid bo‘ldi. Avval PayPal xizmati eBay internet-savdo maydonchasiga ega bo‘lgan. Biroq 2015 yilda eBay aksiyadorlari bosimi ostida to‘lov xizmati alohida kompaniya qilib ajratib chiqarilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » PayPal to‘lov xizmati Honey xizmatini 4 mlrd dollarga sotib oldi