1. Google ma’lumotlariga ko‘ra, 2010 yilda Internet 5 million Terabayt ma’lumotni uzatgan.
2018 yil 14 oktyabr ma’lumotlariga ko‘ra, Internetda kamida 4,46 milliard sahifa mavjud bo‘lgan.
2. 2018 yil oktyabr ma’lumotlariga ko‘ra, Internetda 1,9 milliarddan ortiq veb-saytlar mavjud.
3. Instagram'da har kuni 95 million fotosurat yuklanadi.
Achinarlisi shundaki, Instagramdagi postlarning 70 foizi ko‘rilmaydi.
4. Dunyodagi 7 milliard odamdan 4 milliardi Internetdan foydalanadi.
InternetLiveStats (ILS) Internetning kunlik holatini kuzatib boradi va 2018 yil oktyabr holatiga ko‘ra, Internetda 4,045,421,895 foydalanuvchi mavjud. Bu ko‘rsatkich 2020 yilga kelib yana o‘sishi kutilmoqda.
5. Har kuni 85,000+ veb-saytlar xakerlar tomonidan buziladi.
Internetda eng ko‘p xakerlar tomonidan buziladigan saytlar WordPress va Joomla'dir.
6. Facebook 2.234 milliard foydalanuvchisi bilan mashhurdir.
Dunyo aholisining taxminan 30%i Facebook'dan foydalanadi.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, Internetdan foydalanuvchilarning qariyb 50 foizi Facebook foydalanuvchilaridir.
7. Har kuni 250 milliard elektron pochta xabarlari yuboriladi.
Barcha elektron pochta xabarlarining 81 foizi avtomatlashtirilgan vositalar yordamida yuboriladigan spamdir.
8. Dunyoning birinchi veb-sayti hali ham ishlaydi.
Birinchi veb-sayt info.cern.ch edi va u hozir ham mavjud. Bu asosiy HTML-sayti bo‘lib, sahifada bir nechta satrli matn mavjud. Sahifa HTML-ning birinchi versiyasi yordamida yozilgan.
9. Har daqiqada YouTube'ga 400 soatlik videofilm yuklanadi.
Videolarning oxiriga yetguningizcha, YouTube'ga yana 1600+ soatlik videofilm yuklanadi.
10. Internet o‘zining birinchi 50 million foydalanuvchisiga ega bo‘lish uchun atigi 4 yil kerak bo‘lgan.
Televizor bu ko‘rsatkichga 13 yilda, radio esa 38 yilda erishgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?