Oʻzbekistondagi UMS aloqa operatori oʻz nomini oʻzgartirdi

  • 02 dekabr 2019, 16:55
  • 3 283
  • Texnologiya
  • Oʻzbekistondagi UMS aloqa operatori oʻz nomini oʻzgartirdi
    2 dekabr kuni Toshkentda Mobiuz bredining taqdimoti boʻlib oʻtdi. UMS mobil operatori endi aynan shu nom ostida faoliyat yuritadi.

    Taqdimotda soʻzga chiqqan kompaniya bosh direktori Sobir Aripovning taʼkidlashicha, UMS brendining har tomonlama tahlili kompaniya oʻzining uzoq muddatli strategiyasini roʻyobga chiqarish uchun transformatsiyaga ehtiyoj sezishini koʻrsatgan. Tadbirda yangi nom ostida faoliyat koʻrsatadigan operator oʻz mijozlariga taqdim etadigan yangi, zamonaviy xizmat turlari haqida ham maʼlumot berildi.

    UMS (Universal Mobile Systems) aloqa operatori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-iyuldagi №208-sonli qaroriga asosan tashkil etilgandi.

    Eslatib oʻtamiz, ayni paytda Oʻzbekistonda 5 ta mobil aloqa operatorlari hamda 5 ta simli telefon aloqasi xizmati faoliyat koʻrsatmoqda.

    » » Oʻzbekistondagi UMS aloqa operatori oʻz nomini oʻzgartirdi