06:30 / 12.12.2019
3 602

The Verge shu paytgacha yaratilgan eng chiroyli smartfonni ma’lum qildi

The Verge shu paytgacha yaratilgan eng chiroyli smartfonni ma’lum qildi
The Verge nashri 2010 yildan keyin chiqqan eng yaxshi gadjetlar 100 taligi ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Apple’ning 2010 yilda taqdim etilgan iPhone 4 smartfoniga reytingning birinchi pog‘onasi nasib qildi. Bosh muharrir Nilay Patel so‘zlariga ko‘ra, iPhone 4 “shu paytgacha yaratilgan eng chiroyli smartfon” va u hanuzgacha zamonaviy smartfonlar uchun asosiy andoza bo‘lib qolmoqda.

“iPhone 4 shishali panel hamda metall hoshiyadan iborat “buterbrod” ko‘rinishidagi ilk telefon edi. Undagi dizaynerlik merosini hozirga qadar flagman smartfonlarda ko‘rish mumkin”, - dedi Nilay Patel.

The Verge versiyasiga ko‘ra Top-10lik:
1. iPhone 4 (2010).
2. Amazon Echo “aqlli” kolonkasi (2014)
3. Macbook Air (2013)
4. Samsung Galaxy S6 (2015)
5. Tesla Model S (2012)
6. AirPods (2016)
7. Apple Watch Series 3 (2017)
8. Microsoft Surface Pro 3 (2014)
9. PlayStation 4 (2013)
10. Google Pixel 2 (2017)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » The Verge shu paytgacha yaratilgan eng chiroyli smartfonni ma’lum qildi