Smartfonlar displeyining tungi rejimi inson organizmiga zarar yetkazadi

  • 19 dekabr 2019, 16:53
  • 1 294
  • Texnologiya
  • Smartfonlar displeyining tungi rejimi inson organizmiga zarar yetkazadi
    Foto: Inversi
    Manchesterlik olimlar insonlar o‘z hayotini smartfonlardagi moviy nurlanishdan himoya qilishi lozimligini ta’kidladi. Tadqiqot Manchester universiteti rasmiy saytida e’lon qilingan.

    Mutaxasislar rangli nurlanishning inson organizmiga ta’sirini sichqonlarda tajriba o‘tkazish yo‘li bilan tekshirdi. Smartfonlar displeyi tungi rejimda sozlanadigan sariq rang spektri odamlar sog‘lig‘iga zarar yetkazishi aniqlandi. Olimlar yorqin iliq ranglar kunduzgi vaqt bilan assotsiatsiyalanib biologik soatlarni chalkashtirishini payqagan.

    Tadqiqotda oqartirilgan moviy rang sutkaning tungi vaqtida zaif sariq rangdan ko‘ra odatiyroq.
    «Sichqonlarda telefon yo‘q, lekin ilmiy nuqtai nazardan ushbu holat odamlarga ham shunday ta’sir qiladi», — deydi ilmiy ish mualliflaridan biri doktor Tim Braun.

    Olimlar smartfonlarda moviy rangni kamaytirib sariqni ko‘paytiradigan tungi rejim insonga foyda emas, aksincha zarar keltirishi mumkin. Tadqiqotchilar smartfon ishlab chiqaruvchilarining maslahatlarini eng to‘g‘ri qoida deb qabul qilmaslik va iOS hamda Android tizimlarida Night Shift va Dark Mode rejimlaridan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lishni tavsiya qilgan.

    » » Smartfonlar displeyining tungi rejimi inson organizmiga zarar yetkazadi