07:01 / 12.01.2020
3 703

O‘zbekistonda birinchi kriptobirja ochildi

O‘zbekistonda birinchi kriptobirja ochildi
O‘zbekistonda ilk kriptobirja ochiladi. Koreyaning Kobea Group shirkati 2019 yilning 20 dekabrida kriptobirja ochish huquqini beradigan litsenziyani olgan edi.

Kompaniya kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi O‘zbekiston qonunchiligining barcha talablariga, shuningdek, pullarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash sohasidagi xalqaro standartlarga (FATF tavsiyalari va ko‘rsatma hujjatlari) muvofiq ravishda kriptovalyutalar bilan ish yuritadi.

UZNEX birjasi rasman 20 yanvarda ochiladi. Ochilish marosimida ishtirok etish bepul, faqat ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi.
Hozirda saytning beta-versiyasi – uznex.com mavjud. Bu yerda siz birja qanday ishlashini ko‘rishingiz mumkin.

Kriptobirja o‘zi nima?
Kriptobirja - kriptovalyutalar oldi-sotdisi o‘tkaziladigan bozor. Ishlash prinsipi blokcheyn texnologiyasiga asoslanadi, ya’ni markazlashmagan.

Bu bizga kerakmi?
Dunyoda raqamli pullar – kriptovalyularni kelajak pullari deb hisoblashmoqda. Masalan, Efer kriptovalyutasi Microsoft, IBM kabi texnogigantlar ishtirokida yaratilgan. Zilliqa degan yana bir kriptovalyuta esa Singapur Milliy Universiteti (dunyoning kuchli 10 universitetidan biri) professorlari tomonidan ishga tushirilgan. Sohaning O‘zbekistondagi rivoji dunyo taraqqiyotidan orqada qolib ketmaslik imkonini beradi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda birinchi kriptobirja ochildi