07:24 / 23.01.2020
3 310

Apple arzon ayfonlarni qachon chiqarishi ma’lum bo‘ldi

Apple arzon ayfonlarni qachon chiqarishi ma’lum bo‘ldi
Apple joriy yilning fevral oyidan boshlab hamyonbop ayfonlarni ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya rejalaridan xabardor manbaga tayanib Bloomberg nashri xabar bermoqda.

Smartfon martda taqdim qilinadi. Bu $399 lik iPhone SE’dan keyingi ilk budjet smartfon bo‘ladi. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, yangi iPhone diagonali 4,7 dyuym bo‘lgan iPhone 8 ga o‘xshaydi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yangi modelida Touch ID "Uy" tugmachasiga birlashtiriladi, shu sababli smartfonda Face ID bo‘lmaydi. Protsessori esa hozirgi flagman iPhone 11 bilan bir xil bo‘ladi. Nashrda qurilmaning taxminiy narxi aytilmagan.

Apple 2020 yilda 5G’ni qo‘llab quvvatlaydigan, hozirgidan tezkorroq protsessorli hamda orqa paneldagi 3D kamerali iPhone taqdim etishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz shu paytga qadar taqdim etilgan ayfonlar beshinchi avlod texnologiyasini qo‘llab quvvatlamaydi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple arzon ayfonlarni qachon chiqarishi ma’lum bo‘ldi