00:04 / 11.02.2020
3 381

Samsung «Oskar» tadbirida buklanuvchi Galaxy Z Flip’ni namoyish etdi (video)

Samsung «Oskar» tadbirida buklanuvchi Galaxy Z Flip’ni namoyish etdi (video)
Foto: «Nanoreview.net»
Samsung 10 fevral kuni, «Oskar» mukofoti taqdirlash marosimida buklanuvchi Galaxy Z Flip’ni namoyish etdi, deb xabar bermoqda Daryo.

Yangi smartfon marosimdagi reklama bloklaridan birida namoyish etilgan. Reklama roligida 90 daraja burchak ostida ochilgan qurilma ko‘rsatilgan va uning asosiy o‘ziga xosliklari va tashqi ko‘rinishi to‘liq oshkor etilgan.

Qurilma ikkita displeyga ega: asosiy, vertikal buklanuvchi va qurilma ekranidagi qo‘shimcha displey. Reklamada ko‘rsatilishicha, ikkinchi displey yordamida foydalanuvchi qo‘ng‘iroq qiluvchini ko‘rishi, uni qabul qilishi yoki bekor qilishi mumkin.

Foto: «Time24.news»
Mazkur qurilmaning to‘liq namoyishi 11 fevral, seshanba kuni, Unpacked taqdimotida bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung «Oskar» tadbirida buklanuvchi Galaxy Z Flip’ni namoyish etdi (video)