21:55 / 15.02.2020
2 656

Yandeksning robot-kureri tovarlarni yetkazib berishni boshladi (video)

Yandeksning robot-kureri tovarlarni yetkazib berishni boshladi (video)
2019 yilning kuzida Yandeks “Yandeks.Rover” robot-kureri yaratilishini e’lon qilgan edi. O‘shandan beri bu kurer Yandeksning Moskvadagi idorasi bo‘ylab hujjatlarni tashishda foydalanilgan va sinovdan o‘tkazilgan. Endi kompaniya robotga yangi mahorat o‘qitilganligini ma’lum qildi.

Sinovning yangi bosqichida Rover Yandeks xizmatchilariga “Beru” onlayn do‘konidan tovarlarni yetkazib berishni boshlaydi.

Mijoz Roverning harakatini smartfonidagi xarita yordamida kuzatib boradi va u kelganidan keyin u xabarnoma yuboradi. Belgilangan manzilga yetib kelgan robotning qopqog‘i ilovadagi tugmacha yordamida ochiladi.

Yandeks yaqin kelajakda Roverlardan “Yandeks.Yeda”, “Yandeks.Lavka” va boshqa bir qator logistika bilan bog‘liq xizmatlarda foydalanishni rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yandeksning robot-kureri tovarlarni yetkazib berishni boshladi (video)