Samsung o‘zining so‘nggi smartfonlariga tezkor quvvatlash texnologiyalarini joriy qilib kelmoqda: Galaxy S10'lar 15 vattda, Galaxy Note10'lar esa 25/45 vattda zaryad oladi, deb yozmoqda Terabayt sayti.
Galaxy S20 Ultra ham 45 vattda zaryad oladi. Aytilishicha, qurilmaning 5 000 mA/soatli akkumulatori ixtiyoriy 45 vattli zaryadlagich-adapter bilan 58 daqiqada 0% dan 100% gacha quvvat oladi.
Galaxy Note10+ ning 4 300 mA/soatli akkumulatori 25 vattli adapterda bir soatdan ortiqroq, 45 vattli zaryadlagich bilan esa bir soatga yaqin vaqt ichida to‘liq quvvatlanishini hisobga olsak, yangi flagmanning bu natijasini a’lo darajada, deb baholash mumkin.
Smartfon akkumulatori quvvati kamligida yuqori vattda, zaryad to‘lib borishi bilan esa quyiroq vattda zaryadlanadi. Aftidan, Galaxy S20 Ultra'ning akkumulatori yuqori vattda zaryadlanish bosqichini Galaxy Note10+ nikiga qaraganda ko‘proq ushlab tura oladi va natijada devays tezroq quvvatlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi
Aleksandr Lukashenko: “Rossiyadagi saylov natijalari G‘arb aralashuvi ustidan g‘alaba qozondi”
Isroilda minglab odamlar garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi
Qirg‘iziston prezidenti masjidda namoz o‘qib, iftorlik berdi
Putin: Yangi vazifalar, NATO, Ukraina va Fransiya bilan munosabatlar
Vaqt hech kimni ayamaydi: Jeki Channing yangi suratlari muxlislarni tashvishga soldi
Xurmoning qanday foydali xususiyatlari mavjud?
Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai