06:30 / 20.02.2020
3 283

Microsoft Word, Exel va PowerPoint’ni bitta ilovada birlashtirdi

Microsoft Word, Exel va PowerPoint’ni bitta ilovada birlashtirdi
Foto: Janets
Microsoft Word, Exel va PowerPoint muharrirlarining imkoniyatlarini birlashtirgan Android uchun Office dasturini taqdim etdi, deb xabar bermoqda «Daryo». Uni Play Market orqali yukab olish mumkin.

«Microsoft’ning yangi mobil ilovasida Word, Exel va PowerPoint imkoniyatlari birlashtirilgan, shuningdek, mobil qurilmalar uchun yangi funksiyalar taqdim etilgan bo‘lib, u telefoningizdagi asosiy ofis ilovasiga aylanadi», — deyiladi kompaniya taqdimotida.

Ilovaga yangi funksiyalar qo‘shilgan bo‘lib, ular orasida foto hujjatlarni matnga yoki jadvalga o‘tkazish yoki ularni PowerPoint’ga qo‘shish imkoniyati ham bor.

Fayllarni PDF’ga aylantirish, bulutdagi hujjatlar bilan ishlash, shuningdek, boshqa Microsoft xizmatlari bilan integratsiyalash ham ko‘zda tutilgan.

Ilovani sinovdan o‘tkazish 2019 yilning noyabridan boshlangan. Microsoft saytida aytilishicha, Office IOS uchun ham sinovdan o‘tkazilmoqda. Uning AppStore’da qachon paydo bo‘lishi esa ma’lum qilinmagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Microsoft Word, Exel va PowerPoint’ni bitta ilovada birlashtirdi