20:12 / 21.02.2020
3 262

O‘zbekistonda 2020 yilda internet tezligi 10 baravar oshirilishi aytildi

O‘zbekistonda 2020 yilda internet tezligi 10 baravar oshirilishi aytildi
Foto: ATK matbuot xizmati
O‘zbekistonda 2020 yilda internet tezligi 10 barobar oshdi. Bu haqda AKT vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov 20 fevral, payshanba kuni, Xalqaro press-klubning ijtimoiy sohaga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasida aytib o‘tdi.

Bu xalqaro paketli kommutatsiya markazlarining o‘tkazuvchanligini 2,5 barobarga (1200 dan 3 000 Gbit/s) kengaytirish hisobiga amalga oshiriladi.
Shuningdek, uning aytishicha, vazirlik o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib, fan, ta’lim va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida o‘zi uchun to‘rtta asosiy yo‘nalishlarni belgiladi.

Bundan tashqari, Oliy ta’lim vazirligi va Xalq ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda «Bir million dasturchilar» loyihasi amalga oshirilishi, IT-parklarni rivojlanishtirish davom ettirilishini ma’lum qildi.
Uning aytishicha, yaqin vaqt ichida IT-parklar filiallari Guliston, Namangan va Urganch shaharlarida barpo etiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda 2020 yilda internet tezligi 10 baravar oshirilishi aytildi