09:21 / 27.02.2020
3 467

Janubiy Koreyada elektromobilni 5 daqiqada quvvatlash usuli ixtiro qilindi

Janubiy Koreyada elektromobilni 5 daqiqada quvvatlash usuli ixtiro qilindi
Foto: iStock
Janubiy koreyalik muhandislar elektrokarlarni bor-yo‘g‘i 5 daqiqada 80 foizgacha quvvatlash imkonini beradigan eng yangi texnologiyani taqdim etishdi. Bu haqda CS Publications nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, barcha elektromobillarning energiya saqlash tizimlari sig‘imini oshirishga imkon beruvchi yechim shundoqqina "yuzada" turgan. “Ammo negadir buni avval hech kim qilmagan”, deb aytishgan texnologiyani ishlab chiqqan mutaxassislar.

Bugungi kunda ko‘plab elektromobillar grafitli anod batareyalarga ega bo‘lib, ular avtomobilni quvvatlashda katta quvvat bilan ta’minlamaydi. Janubiy koreyalik olimlar grafit akkumulatorlardan kremniyli akkumulatorlarga o‘tishni taklif qilishmoqda. Bu esa elektrokarlar bir quvvatlanishda bosib o‘ta oladigan masofani sezilarli oshiradi.

Biroq mutaxassislar kremniyli akkumulatorlar bir necha marta quvvatlangandan keyin ularning quvvati ancha kamayishini tan olishgan.
Ixtirochilar ushbu muammoning yechimini izlay boshlashgan va “oddiy maishiy vositalar - suv, yog‘ va kraxmal”ga e’tiborni qaratishgan.

Muhandislar kremniyni yog‘da, kraxmalni esa suvda eritib, olingan substansiyalarni bir-biri bilan aralashtirishgan. Materialga termik ishlov berilgandan keyin sig‘imi grafitnikidan 4 marta katta bo‘lgan uglerod-kremniyli kompozit hosil bo‘lgan.

Ushbu kopozitdan tayyorlangan batareya kamida 500 zaryadlash sikli davomida barqaror qoladi. “Bu, albatta, mukammal emas, lekin shunga qaramay ancha maqtovga loyiq", deb ta’kidlab o‘tishgan mutaxassislar.

Ularning aytishicha, endilikda elektr avtomobillarning egalari o‘z transport vositalarini 5 daqiqada zaryadlashlari mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Janubiy Koreyada elektromobilni 5 daqiqada quvvatlash usuli ixtiro qilindi