18:40 / 28.02.2020
2 959

Odnoklassniki musiqiy relizlarni yanada ko‘proq eshitishlari uchun animatsiyalangan muqovalarni ishga tushirdi

Odnoklassniki musiqiy relizlarni yanada ko‘proq eshitishlari uchun animatsiyalangan muqovalarni ishga tushirdi
Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i musiqa vitrinasida veb-versiyada animatsiyalangan muqovalarni ishga tushirdi. Interfaol mexanika artistlarga ularning ham alohida treklarini, ham albomlarini yanada ko‘proq foydalanuvchilar eshitishlari va klik bosishlariga yordam beradi. Animatsiyalangan banner jonsiz muqovaga qaraganda ikki marta ko‘proq foydalanuvchilar klikini to‘playdi.

Animatsiyalangan muqovalar — artistlarning musiqiy relizlarini taqdim etishning yangi formati. Banner artistning ham alohida treki, ham to‘plami, albomi yoki sahifasiga olib kirishi mumkin. OK artistlarning relizlarini taqdim etish va tarqatish uchun musiqiy vitrinasida animatsiyalangan muqovalarni qilishni rejalashtirgan. Bundan tashqari musiqachilar va leyblar OK ga o‘zlarining qisqa videolarini ularni bannerlar sifatida musiqa vitrinasida joylashtirish uchun taklif qilishlari mumkin. OK videolardan animatsiyalangan banner tayyorlashlari uchun ularning sifati juda yuqori bo‘lishi kerak.

Musiqa vitrinasidagi yangi format foydalanuvchilarning e’tiborini tortadi. Testlash shuni ko‘rsatdiki, tinglovchilar jonsiz, qotib turadigan muqovalarga qaraganda interfaol muqovalarga jon deb klik bosadilar. Foydalanuvchilarning g‘ashiga tegmaslik uchun OK musiqa vitrinasida animatsiyalangan muqovalarning cheklangan sonini joylashtirishni rejalashtirgan.

Birinchilardan bo‘lib animatsiyalangan muqavani Zivert sinab ko‘rdi. 14 fevralda qo‘shiqchining «YATL» deb nomlangan yangi treki chiqdi: OK kompozitsiyani musiqa vitrinasiga joylashtirdi va u uchun animatsiyalangan banner qildi, bannerda Zivert foydalanuvchilarga havo orqali o‘pich yubormoqda.

Odnoklassniki o‘z musiqiy servisini faol rivojlantirmoqda. 2019 yilda “Musiqa”ni barcha platformalarda: desktop va mobil versiyalar, shuningdek OK ning iOS va Android ilovalarida yangiladi. Yangi servis personal tavsiyalar, do‘stlarining yaxshi ko‘radigan musiqalarini birlashtirish, shuningdek yangi dizayn va navigatsiyalarning yaxshilangan texnologiyalariga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar tavsiyalar algoritmi yordamida bitta klikda stili hamda yangrashi bo‘yicha o‘xshash musiqani topa oladilar. Endi qo‘shiqni o‘z pleylistiga qo‘shib qo‘yganidan keyin foydalanuvchilar dastlabki qo‘shilgan qo‘shiq bilan mos tushish darajasini hisobga olib tanlangan o‘xshash kompozitsiyalarga tavsiyalarni ko‘radilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Odnoklassniki musiqiy relizlarni yanada ko‘proq eshitishlari uchun animatsiyalangan muqovalarni ishga tushirdi