2015 yilda Beeline tarmoqlar rivoji uchun 140 mlrd so‘mdan ziyod sarmoya kiritdi

  • 17 fevral 2016, 16:43
  • 4 514
  • Texnologiya
  • 2015 yilda Beeline tarmoqlar rivoji uchun 140 mlrd so‘mdan ziyod sarmoya kiritdi

    2015 yilning IV choragi natijalari bo‘yicha O‘zbekistondagi Beeline abonentlarining soni 10 millionga yaqin kishi darajasida saqlanib qoldi.

    Bunday tashqari, o‘tgan yilda kompaniyaning kapital harajatlari 140 milliard so‘mdan oshdi.

    17 fevral kuni etakchi halqaro telekommunikasion provayderlardan biri VimpelCom Ltd (O‘zbekistonda Beeline savdo belgisi) 2015 yilning IV choragi bo‘yicha moliyaviy va operasion natijalarini e’lon qildi, deya xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.

    To‘rtinchi chorak natijalariga ko‘ra O‘zbekistondagi Beeline aloqa operatori abonentlarining soni 10 000 000 ko‘rsatgichida saqlanib qoldi. Bir oy davomida bitta mobil abonentiga bo‘lgan o‘rtacha hisob (ARPU ko‘rsatkichi) o‘tgan yilning oktyabr-dekabrda bir oy uchun 16 237 so‘mni tashkil etdi. Bunda MOU ko‘rsatkichi (bir oyda bitta abonent tomonidan foydalanilgan daqiqalar soni) 481 daqiqadan iborat yuksak ko‘rsatgichda saqlanib qoldi.

    2015 yilda yangi uskunalar va tarmoq uchun qilingan 140 milliard so‘mdan ziyod sarmoyalar natijasida, O‘zbekistonning mobil bozorida etakchi kompaniyaning sof operasion foydasi yilga nisbatan oshdi va 1 trillion 828 milliard so‘mni tashkil etdi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » 2015 yilda Beeline tarmoqlar rivoji uchun 140 mlrd so‘mdan ziyod sarmoya kiritdi