12:27 / 17.11.2016
116 401

Ozish va ichaklarni tozalashga yordam beruvchi parhez

Ozish va ichaklarni tozalashga yordam beruvchi parhez

Semizlikdan shikoyat qilayotganlarga ortiqcha vazndan tabiiy yo‘l bilan qutulishlari uchun mutaxassislar quyidagi maslahatlarni berishadi:

— Haddan ziyod ko‘p va betartib ovqatlanmaslik;

— Ertalab xamirli, kaloriyasi kuchli taomlarni iste’mol qilmaslik;

— Shirinliklarga qattiq ruju qo‘ymaslik;

— Ovqatlangandan so‘ng darhol yotib olmasdan, albatta toza havoda biroz sayr qilish.

Shuningdek, arpa noni, karam, sabzi, qovoq hamda sut, qatiq, pishloq kabi mahsulotlarni ko‘proq, mol yog‘i, tovuq yog‘ini esa kamroq iste’mol qilish kerak.

Har oyda ikki kun ovqat emaslik yoki o‘sha kunlari 1,5 kg olmani besh qismga bo‘lib iste’mol qilish buyuriladi.

Bundan tashqari, 1,5 litr sut yoki qatiqni 6 ga bo‘lib ichib ham parhez tutish mumkin.

Kun davomida 600 g. turli xil meva sharbatlarini 800 g. na’matak sharbatiga aralashtirib ichish kerak. Bu besh marta takrorlansa, yaxshi foyda beradi.

Har kuni pista, makkajo‘xori va paxta yog‘ida tayyorlangan ovqatlarni iste’mol etish tavsiya qilinadi. Parhez davrida umuman go‘sht, baliq, achchiq va sho‘r narsalar, qovurilgan, dudlangan taomlar, kolbasalar eyish taqiqlanadi. Tarkibida kaliy va kalsiy ko‘proq bo‘lgan mevalarni, dengiz karami, o‘rik, olxo‘ri, kartoshka, suli va grechka, sabzi, karam, limon, petrushka va ukropni iste’mol qilish va sutkasiga bir yarim litr suyuqlik ichish tavsiya etiladi. Birdaniga ko‘p ovqat emaslik, bir kunda oz-ozdan to‘rt yoki besh mahal ovqatlanish maqsadga muvofiq. Yotish oldidan bir stakan qatiq yoki sut ichish ham foyda beradi.

Bir kun mobaynida quyidagi tartibda ovqatlanish ham foydalidir:

Ertalab karam, selderey, kashnich va o‘simlik moyi solib tayyorlangan salatlar, grechka yoki suli bo‘tqasi, sutli ovqat, shakarsiz, tuzsiz tayyorlangan taomlar eyish lozim.

Tushlikda karam sho‘rva, yarim kunlikda olmali choy va 200 g. na’matak sharbati (8-10 dona na’matak 200 g. qaynoq suvda damlanadi) tavsiya etiladi.

Kechqurun suvda pishirilgan 110 g. baliq, tuzsiz suvda pishirilgan kartoshka, shakarsiz choy buyuriladi. Yotish oldidan qatiq yoki sut, kun davomida esa 2-nav undan tayyorlangan 100 g. non iste’mol qilinadi.

Mana shu tartibdagi parhez juda foydalidir. Parhez davomida har kuni ertalab sulidan qilingan (ovsyanыy) bolalar bo‘tqasidan bir-ikki osh qoshig‘ini yarim litrlik termosda damlab, ovqatlanishlar orasida 3-4 qultumdan ichib tursangiz, ochlik umuman sezilmaydi. U oshqozon va ichaklar faoliyatini ham yaxshilaydi. Ta’bga ko‘ra biroz asal qo‘shish ham mumkin.

ME’YoR BO‘LGANI MA’QUL

Tibbiy asoslanmagan vositalarni qabul qilsangiz, birgina ozish evaziga (u ham «qalbaki») nafaqat sog‘lig‘ingizdan ayrilasiz, balki yaxshigina moddiy zarar ham ko‘rasiz.

Yana bir jihatni esda tuting: etarlicha vaznga ega bo‘lmaslikning salbiy tomonlari ham bor. Masalan, qiz bolaning bo‘yi 170 sm, vazni esa 45 kg atrofida yoki undan kam bo‘lsa, bu bepushtlikka olib kelar ekan. Shuning uchun, agar vazningiz etarli bo‘lmasa, darhol shifokorga murojaat qiling.

Ko‘rinib turibdiki, agar o‘z vaqtida ovqatlanib, ko‘proq harakat qilsangiz, na semizlik, na ozg‘inlik tashvishi sizni bezovta qilmaydi. Bordiyu, ortiqcha vazn muammosi yuzaga kelsa, mutaxassis bilan maslahatlashgan holda parhez qilishga kirishing. Shunda sizda sog‘liq borasida hech qanday muammo yuzaga kelmaydi.

Manba:diydoraziz.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Ozish va ichaklarni tozalashga yordam beruvchi parhez