21:40 / 10.02.2017
10 802

Olimlar: kasalliklarning 40 foizi asabdan

Olimlar: kasalliklarning 40 foizi asabdan

Sarlavhadagi nazariya avvaldan bor, ammo olimlar bugun uni ilmiy yo‘l bilan tasdiqladi.

Hayajonlanish va ruhiy siqilish gormonal ahvolni o‘zgartiradi, bundan esa turli kasalliklar kelib chiqadi. Qayg‘uga cho‘kish natijasida serotonin va dopamin miqdori kamayadi. Shunda odam shirinlik egisi keladi, buning natijasida vazn ortishi yoki oshqozon-ichak yo‘llari xastaliklari yuzaga keladi. Boshqa holatda qayg‘u organizmda jarayonlar sekinlashuvi va ishtahaning pasayishiga olib keladi, deydi Sof.uz.

G‘azab kortizol va adrenalin darajasini oshiradi. Bu gormonlar kam dozada foydali bo‘lsa-da, kuchli stressda organizmni zararlaydi. Yurak urishi tezlashadi va qon-tomir tizimiga yomon ta’sir ko‘rsatadi.

Qonning quyulishi va yurakning tezlashib urishi gipertonik kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Olimlar hissiyotlarni mo‘’tadillashtirish lozimligini ta’kidlaydi. Ammo o‘z hissiyotlarini batamom to‘sish aks ta’sir ko‘rsatadi va ahvolni yomonlashtiradi. Tanadagi kuchlanishni yo‘qotish uchun shifobaxsh o‘t-o‘lanlardan tayyorlangan choy ichish yoki nafas olish mashqlarini bajarish kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar: kasalliklarning 40 foizi asabdan