17:02 / 21.03.2017
16 101

Uyquni yaxshilovchi oziq-ovqat mahsulotlari

Uyquni yaxshilovchi oziq-ovqat mahsulotlari
Qizg‘in ish kuni va stresslar ko‘pincha uyqusizlikni keltirib chiqaradi. Yaxshiyam shunday mahsulotlar borki, ular bu muammoni bartaraf qilishga yordam beradi.

Prebiotiklar – stress va uyqusizlik davosi

Agar sizning kuningiz stressli tartibda o‘tayotgan bo‘lsa, yaxshi uxlash uchun prebiotiklarga boy mahsulotlar: loviya, yormalar, karam, mevalar, non va sut mahsulotlarini iste’mol qilishingiz zarur.

Prebiotiklar – bu hazm qilish tizimining sog‘lom ishlashiga yordam beruvchi foydali bakteriyalarning ko‘payishini ta’minlaydigan, yo‘g‘on ichak mikrofloralari tomonidan hazm qilinadigan va singdiriladigan oziq-ovqat qo‘shimchalari hisoblanadi.

Bodom – yomon tush bilan kurash chempioni

Bodom – uyquni yaxshilashga va organizmning har tomonlama dam olishiga yordam beruvchi, tarkibi ko‘p miqdorda magniyga boy bo‘lgan noyob mahsulot hisoblanadi. Oqsil uyqu paytida qondagi shakar miqdorini normallashtiradi. Uxlashdan 2 soat oldin bir hovuch (50 grammga yaqin) bodom eyish tavsiya qilinadi.

Tunes balig‘i – yaxshi uyqu posboni

Tunes balig‘i uyquning sifati va davomiyligi uchun javob beruvchi serotonin va melatonin gormonlari ishlab chiqarilishini tartibga solib turadigan B6 vitaminiga juda boy. Bu vitamin etishmasligi oqibatida organizmda immun tizimi bilan bog‘liq muammolar, uyqusizlik, zaiflik, teri kasalliklari va hatto kamqonlik ham paydo bo‘lishi mumkin. Parhezshunoslar uyqudan 2—3 soat oldin 20—50 grammdan tunes balig‘i eyishni tavsiya qilishadi.

Tinchlantiruvchi o‘simlik choylari

Yalpiz yoki limono‘t, bir chimdim maydalangan muskat yong‘og‘i va asal qo‘shilgan moychechakli choy – tez uxlashga yordam beruvchi eng yaxshi vosita. O‘tlar asab tizimiga ijobiy ta’sir qiladi, charchoqni ketkazishga yordam beradi va dam oldiradi.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Uyquni yaxshilovchi oziq-ovqat mahsulotlari