Choy – juda foydali ichimlik bo‘lib, dunyo bo‘yicha ommaboplikda suvdan keyingi o‘rinda turishi hammaga ma’lum. Tadqiqotlar choyning yurakni himoya qilish va insult xavfini kamaytirish xususiyatiga ega ekanligini tasdiqlaydi. Choy to‘g‘risida quyidagi keltirilgan yolg‘onlarga ishonishni bas qilish vaqti keldi.
Sut choyning hamma foydali xususiyatlarini yo‘qotadi
Bu nazariyani yaqinda o‘tkazilgan tekshirishlar chippakka chiqardi. Olingan natijalarga ko‘ra, organizmga katexinlar sut qo‘shilgan choydan ham, sutsiz choydan ham bir xil miqdorda singdiriladi.
Qora choy tarkibida kofein miqdori ko‘k choyga qaraganda ko‘proq
Choyning hamma turlari tarkibida kofein bor. Choydagi kofein miqdori uning qanday damlanishiga ham bog‘liq: qancha uzoq damlansa, kofein shuncha yuqori bo‘ladi. Choyning rangi kofein miqdoriga ta’sir qilmaydi.
Ko‘k choy ozishga yordam beradi
Ko‘k choy boshqa choylar singari foydali xususiyatlarga ega, lekin reklamalarda aytilgan ortiqcha vaznga qarshi mo‘’jizaviy vosita deb aytib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, etarli darajada ovqatlanmasdan ko‘k choyni ko‘p ichish vaznning kamayishidan tashqari me’daning zararlanishiga ham olib keladi.
Qalampir choy qorin og‘rig‘iga yordam beradi
Qalampir choy qorin og‘rig‘iga qarshi eng yaxshi vosita emas. Aksincha, bu choy ba’zilarda me’da qaynashini keltirib chiqaradi. Agar sizni qorin og‘rig‘i bezovta qilayotgan bo‘lsa, yaxshisi zanjabilli choy damlab iching.
Manba: «Daryo» “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi