Organizmga ovqatlar bilan kirayotgan yog‘lar to‘g‘risida ko‘p gaplar aytiladi. Bulardan ba’zilari mutlaqo asossiz bo‘lsa, boshqalari esa ma’lum bir holatlardagina to‘g‘ridir.
1-yolg‘on: hayvon yog‘lari qondagi xolesterin darajasini oshiradi
Yog‘lardan, shu jumladan hayvon yog‘laridan haqiqatan ham xolesterin sintezlanadi. Lekin bu faqat ortiqcha iste’mol qilingan hollarda yuz beradi. Shuni esda tutingki, xuddi shunday jarayon uglevodlar ortiqcha iste’mol qilinganda ham sodir bo‘ladi.
2-yolg‘on: yog‘lar iste’mol qilish ortiqcha vazn paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi
Vazn yig‘ish jarayoni sarf qilinayotganidan ko‘ra iste’mol qilinayotgan kaloriyaning ko‘pligi sababli yuz beradi. Va bu holda ozishning ikki yo‘li bor: kunduzgi kaloriyani pasaytirish yoki harakat faolligini oshirish.
Agar siz birinchi yo‘lni tanlasangiz, buni aynan yog‘lar hisobiga amalga oshirish osonroq, chunki 1 gramm yog‘ 1 gramm oqsil yoki uglevodga qaraganda 2 marta kaloriyaliroqdir. Lekin buni qilmaganingiz ma’qul, chunki yog‘ etishmaslik hollarida organizm o‘zidagi zaxiralarni saqlashga harakat qiladi va siz odatdagi ovqatlanishga o‘tganingizdan keyin ularni yana qaytadan yig‘a boshlaydi.
3-yolg‘on: yog‘lar — yurak-tomir kasalliklarining asosiy sababchisi
Yuqorida eslatganimizdek, yog‘lar xolesterin darajasining yuqori bo‘lishiga sababchi emas. Umuman olganda, ko‘tarilgan xolesterin — bu yurak-tomir kasalliklari sababidan emas, balki arteriyalardagi yallig‘lanish jarayonlari oqibatida paydo bo‘ladi.
Bunday jarayonlarni chekish va o‘tirib ishlash tarzidan tortib, shakarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish kabi omillar keltirib chiqarishi mumkin.
Manba: «Daryo» “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi